Ottava




Ottava — Kanadaning janubi-sharqiy qismidagi daryo. Shimoliy Lavrentiy daryosining chap irmogʻi. Uz. 1120 km, havzasining maydoni 147 ming km². Lavrentiy qirlaridan boshlanadi. Oʻrtacha suv sarfi 2000 m³/sek. Dekabrdan aprelgacha muzlaydi. Quyilish joyidan 400 km masofada kema qatnaydi. Rido kanali orqali Ontario koʻli bilan bogʻlangan. Yogʻoch oqiziladi. GES qurilgan. O. boʻyida Ottava shahri joylashgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz