Otolitlar




Otolitlar (oto... va yun. lithos — tosh), statolitlar — bir qancha umurtqasizlar va barcha umurtqali hayvonlar muvozanat organlarida joylashgan qattiq hosilalar. Hayvonlarda O.ning kelib chiqishi, oʻlchami va tuzilishi turlicha. Odatda, O. hujayralar ishlab chiqaradigan mineral moddalar (koʻpincha kalsiy karbonat) va organik moddalardan iborat; baʼzan tashqi muhitdan olinadi (mas, daryo qisqichbaqalarida qum zarralari O. vazifasini bajaradi). O. mayda donachalar yoki yirik hosilalar shaklida boʻlishi mumkin. Umurtqasizlarda O. statotsistlar, umurtqalilarda vestibulyar apparat ichida joylashgan. Gavda holati oʻzgarganida yoki tezlanish taʼsirida O. oʻrnining oʻzgarishi tukli retseptor hujayralarning mexanik qoʻzgʻalishiga va miyaga yoʻnaluvchi elektr signallarining paydo boʻlishiga olib keladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz