Otlarni xonakilashtirish
Otlarni xonakilashtirish
Otlarning kelib chiqish tarixi
Otlar taxminan 55 million yil avval keng maysazorlarda poyga qilishgan - ya'ni ular biz mavjud bo'lishimizdan ancha avval paydo bo'lgan. Ammo yozma tarix yuzaga kelmasdan oldingi davr qoldiqlari shuni ko'rsatadiki, muzlik davri oxirilarida, taxminan 10 000 yil oldin, Amerikada yovvoyi otlar nobud bo'lgan va G'arbiy Evropa va Markaziy Osiyoda kamayib borgan. Aksariyat olimlar, odamlar xuddi shu yerda otni xonakilashtirishgan deb hisoblashadi, ammo uy otlarining DNKsi juda xilma-xildir. Bu esa ularning bir necha joylarda turli xil yovvoyi otlar populyatsiyasidan kelib chiqqan bo'lishi mumkinligini ko'rsatadi.
Otlarndan turli xil yo'llarda foydalanishgan
Hozirgi kunda
Otlar ulkan bir kuch manbaidir. Ularning mushak tanalari old tomondan orqaga qaraganda og'irroq bo'lib, ular otlarga og'ir yuklarni tortish uchun yaxshi va yuklarni muvozanatda saqlash uchun yordam beradi. Shu bilan birga, ular chaqqon va tezdirlar, ya'ni qiyin vazifalarni yuqori tezlikda bajarishga mos keladi. Shuning uchun ming yildan ko'proq vaqt mobaynida odamlar otlarning kuchidan yerga ishlov berish va chorva mollarini boshqarish uchun foydalanishar edi. Hozirgi otlar askarlarni jangga olib borishga odatlanmagan, ular avvalgidek omoch tortmaydilar. Ammo otlar hali ham hayotimizning bir qismidir. Bugungi kunda dunyodagi 58 million ot ish va urush uchun emas, balki do'stlik, sport va dam olish uchungina foydalaniladi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org