Oʻtkurbiy
Oʻtkurbiy (
Oʻtkur soʻfiy oʻzbekcha: Oʻtkurbiy; 1743-yil, Buxoro, Buxoro xonligi — 1812-yil, Buxoro, Buxoro amirligi) — davlat arbobi va lashkarboshi, Buxoro amirligining oliy qoʻshbegi — bosh vaziri (1790—1812).
Kelib chiqishi
Oʻtkurbiy 1743-yil Buxoroda (Buxoro xonligi) tavallud topgan.
Amir Shohmurod (1785—1800) davrida oliy qoʻshbegi Oʻtkurbiy katta taʼsirga ega boʻldi. Amir Shohmurod betoblik paytida taxtni koʻp oʻgʻillaridan biri Haydarga (1800—1826) topshirishni taklif qilgan. Amir Haydar hukmronligi davrida Oʻtkur qoʻshbegi qoʻshbegilik mavqeini saqlab qolgan va hatto bu lavozimga oʻz oʻgʻli Muhammad Hakimbiyning tayinlanishini ham taʼminlay olgan.
Siyosiy va harbiy faoliyati
Amir Shohmurod (1785—1800) davrida oliy qushbegi Oʻtkurbiy katta taʼsirga ega boʻldi. Amir Shohmurod betoblik paytida taxtni koʻp oʻgʻillaridan biri Haydarga (1800—1826) topshirishni taklif qilgan. Amir Haydar hukmronligi davrida Oʻtkur qushbegi qushbegilik mavqeini saqlab qoldi va hatto bu lavozimga oʻz oʻgʻli Muhammad Hakim-biyning tayinlanishini ham taʼminlay oldi.
Buxoroning Ravgangaron mahallasida (boshqa maʼlumotlarga koʻra, Musurmon-enaga mahallasida) Oʻtkur qoʻshbegi madrasasi nomi bilan mashhur boʻlgan ikki qavatli katta madrasa boʻlgan.
Vafoti
Oʻtkur qoʻshbegi 1812-yil Buxoro amirligida (Buxoro) vafot etgan.
Oilasi
Ikki oʻgʻil farzandi bor. Muhammad Hakimbiy qoʻshbegi va Abdurasulbek.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org