Oʻtkir Tolipov




Oʻtkir Qarshiyevich Tolipov (1961-yil 28-fevral, Forish tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori (2004), profesor.

Biografiyasi



Oʻtkir Tolipov 1961-yil 28-fevral Forish tumani, Garasha qishlogʻida oʻqituvchi oilasida tugʻilgan. 1979—1985-yillarda Kiyev politexnika institutida tahsil olgan. 1985—1990-yillarda Jizzax pedagogika instituti kasb taʼlimi fakulteti oʻqituvchisi, 1993—1997-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti katta oʻqituvchisi, kafedra dotsenti, dekan oʻrinbosari, 2000—2011-yillarda Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, 2011—2017-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti „Professional taʼlim metodikasi“ kafedrasi mudiri vazifasida faoliyat koʻrsatgan. 2017-yildan„Professional taʼlim metodikasi“ kafedrasi professori.

Ilmiy faoliyati



Oʻtkir Tolipov 1990—1993 yillarda SSSR pedagogika fanlar akademiyasining Oʻqitish vositalari instituti aspiranturasida oʻqigan. 1993-yilda ruscha: „Методика использования тренажёров при практической подготовке учителей трудового обучения“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi.
1997—2000-yillarda Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti doktoranturasida tahsil olgan. 2004-yilda Toshkent dablat pedagogika universitetida „Oliy pedagogik taʼlim tizimida umummehnat va kasbiy koʻnikma va malakalarni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari“ (ruscha: „Педагогические технологии развития общетрудовых и профессиональных умений и навыков в системе высшего педагогического образования“) mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 200 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi.

Mukofotlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz