Oʻtkir Rahmat




Oʻtkir Rahmat  (1948-yil 15-martda tugʻilgan) oʻzbek shoiri va jurnalistidir. „Xalq soʻzi“ va „Narodnoye slovo“ gazetalarining bosh muharriri.

Hayoti



Oʻtkir Rahmat 1948-yil 15-martda Samarqand viloyati Toyloq tumanining Uzun qishlogʻida tugʻilgan. Samarqand davlat universiteti va Toshkent Davlat yuridik institutini tamomlagan. U oʻz mehnat faoliyatini matbuot nashrlarida boshlab, soʻngra koʻp yillar nufuzli idoralarda xizmat qildi. 1998-yilda „Shuhrat“ medaliga va 2005-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist“ unvoniga sazovor boʻlgan. Xalqaro Choʻlpon mukofotining sohibi. Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzosi. Ayni paytda „Xalq soʻzi“ va „Narodnoye slovo“ gazetalarining bosh muharriri.

Ijodi



Oʻtkir Rahmatning birinchi sheʼri 1966-yillarda chop etiladi. Shoirning „Irmoq“ (1988), „Sogʻinch“ (1991), „Rayhon hidi“ (1993), „Shukrona“ (1995), „Oy yogʻdusi“ (1996), „Koʻzim qorachugʻi“ (1998), „Xayol ifori“ (2008), „Yurakdagi qush“ (2009), „Xoksor maysa“ (2010), „Dilchiroq“ (saylanma kitobining birinchi jildi) kabi oʻndan ziyod sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan.

Oʻtkir Rahmat sheʼrlari samimiyligiga, goʻzal tashbehlar va istioralar aks etgan misralari bilan oʻquvchini maftun etadi.

Ayniqsa, tabiatning tabiiy boʻyoqlari soʻzlarga koʻchib oʻtish jarayonida nafis rang-baranglik hosil qilishi — shoir ijodining oʻziga xos jihati sifatida eʼtiborni tortadi.

Nashr etilgan asarlari




Havolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz