Oʻtkir peritonit




Peritonit  — qorin pardasing yallig‘lanishi, bolalar yoshida ko‘p uchraydigan
xirurgik kasallikdir. Peritonit bugungi kunda bolalar ostida uchrash ehtimoli vaqt oʻtgan sari ortib bormoqda.

Tasnif



Peritonitda qabul qilingan tasnif: etiologiyasiga ko‘ra — aseptik
va infeksion; infeksiya tushish yo‘liga ko‘ra — preforativ, septik (kontaktli,
gematogen) va kriptogen (nomaʼlum); tarqalish jarayoniga ko‘ra — umumiy va
mahalliy; umumiy — diffuz va tarqalgan; mahalliy — chegaralangan (infiltrat, abssess), chegaralanmagan; ekssudat turiga ko‘ra — seroz, yiringli, xilyoz, qonli,
safroli va axlatli bo‘ladi. Peritonitni keltirib chiqaruvchi sabablar turlicha bo‘lib,
qorin bo‘shlig‘i aʼzolarining yorilishi yoki jarohatlanishi hamda gematogen va
kriptogen (noaniq) yo‘l bilan infeksiya organizmga tushib, qorin pardani
yallig‘lantiradi.

Etiologiyasi



Bolalarda peritonit kelib chiqishi turlicha bo‘lib, kasallikning muddatiga,
bolaning yoshiga, himoya kuchiga ko‘ra turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi
mumkin. Shuning uchun kasallik erta yoshdagi bolalarda juda xavfli va og‘ir
kechadi. Tarqoq peritonitning kelib chiqishiga sabab; erta yoshdagi bolalar
charvining kaltaligi, ichak qovuzloqlari plastik xususiyatining ojizligi, spetsifik
immunologik javobning sustligi va qorin parda rezorbsiya xususiyatining kichik
yoshdagi bolalarda sustligi kabi anatomo-fiziologik xususiyatlar kiradi.

Patogenezi



Peritonit patogenezida gemostaz buzilishining 4 ta asosiy
sindromi kuzatiladi: zaharlanish, ishqor-kislota buzilishi, suv-tuz almashinuvining
buzilishi va gipertermik sindromlardir.
Zaharlanish — mikroorganizm va makroorganizm chirishi va zaharlarining
qonga tushishidan kelib chiqadi. Bunda gistaminsimon moddalar qon tomir
devorlarini parezga olib kelib, bu holat qon aylanishining markazlashishiga yoki
dekompensatsiyasiga olib keladi.
Ishqor-kislota muvozanatining buzilishi metabolik asidozni yuzaga
keltiradi. Peritonitda nafas olishning buzilishi esa diafragma va moddalar
almashinuvining buzilishidan kelib chiqadi. Chunki, bunda og‘riq taʼsiri, qorin
bo‘shlig‘idagi dimlanib to‘plangan gaz, suyuqlik va ichakning parez oqibatida
kengayishi diafragmani siqib, uning harakatini chegaralab qo‘yadi. Bu, ayniqsa,
erta yoshdagi bolalarda nafas olish diafragmal turda bo‘lganligi va qovurg‘alarning
gorizontal holatda joylashganligi uchun yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Diafragma harakat amplitudasining kamayishi, gipoksiya holati va bemor
haroratining ko‘tarilishi, nafas olish chastotasining tezlashishi bilan kompensatsiyalanadi. Juda og‘ir holatda, peritonit bilan og‘rigan kasallarda, metabolitik asidoz holatining kuzatilishi prognostik jihatdan noxush holat bo‘lib, u ko‘plab vaziyatda xlor, kaliy miqdorining kamayishi, makroergik aloqaning yo‘qligi, „peritoneal
buyrak“ va plazma miqdorining kamayishi bilan namoyon bo‘ladi.
Suv-tuz almashinuvining buzilishi, asosan, normo- va gipovolemik
degidratasiya bilan kechadi.

Klinikasi



Peritonitda qusish, suyuq ich ketishi oqibatida, qorin
bo‘shlig‘iga suyuqlik va elektrolitlarning to‘planishi va ichakda parez alomatlari
kuzatiladi. Bundan tashqari, nafas olishning tezlashishi (o‘pka orqali), haroratning
ko‘tarilishi — teri orqali ko‘p miqdorda suyuqlik va tuzlarni yo‘qotishga sabab
bo‘ladi.
Agar qusish orqali ko‘p miqdorda kaliy va xlor tuzlari chiqsa, bu metabolik
alkaloz holatini tezlashtiradi.
Gipertermik sindrom. Ombredan sindromi erta yoshdagi bolalarda katta
ahamiyat kasb etadi. Bunda qonga so‘rilgan zaharlar (toksin), termoregulyator
markazga taʼsir etib, periferik gemodinamikaning buzilishi oqibatida, teri orqali
issiqlik ajralishining kamayishiga sabab bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan sindromlarning har xil rivojlanish darajasi, kasallikning
boshlanish davriga, tarqalgan peritonitning rivojlanish tezligiga, bolaning yoshiga,
premorbid holatiga va boshqa sabablarga bog‘liqdir.
Shularni hisobga olgan holda, peritonit kechishi 3 bosqichga bo‘linadi: 1-
bosqich — zaharlanish, degidratasiya, gipertermiya va nafas olish buzilishining
ustunligi bilan kechishi;
3-bosqich — peritonitning asoratlanish bosqichli bo‘lib, septikopiemiya, ichak
tutilishi, gipo- va disproteinemiya bilan kechadi.
Bu bosqichlarni bir-biridan farqlashning doim imkoniyati bo‘lmasa-da, har
qalay ularning har birida u yoki bu buzilishlarning rivojlangan holatlari ko‘zga
tashlanadi..
Diplokokkli peritonit. Diplokokkli peritonit maktabgacha yoshdagi va undan
katta bolalarda, ayniqsa, qiz bolalarda ko‘p uchraydi. Qiz bolalarda infeksiya qorin bo‘shlig‘iga qin orqali va kam holatlarda enterogen va gematogen yo‘llari orqali
tushadi. Kasallikning katta maktab yoshida juda kam uchrashi (qiz bolalarda
qindagi). Deterleyn tayoqchalarining paydo bo‘lishi, uni kislotali muhitni yaratib,
patogen mikrofloraning paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qilishi bilan izohlaydi.
Klinikasi. Kasallikning o‘tkir va birdan boshlanishi „birinchi soat simptomi“
bilan taʼriflanadi, qorinda dastlab og‘riq o‘tkir boshlanib, baʼzan uning pastki
bo‘limlarida, baʼzan hamma joyda bo‘ladi. Isitmasi 39-40 °C ga ko‘tariladi.
Qusish bir necha marta bo‘lib, baʼzan tez suyuq axlat keladi.
Bola bezovtalanib, noliy boshlaydi. Og‘ir holatlarda aksi — yaʼni kamhollik,
kamharakatlilik, es-xushni yo‘qotish va alaxlash kuzatiladi. Terisi oqarib, ko‘zi
chaqchayadi. Tili qurib, oq karash bog‘laydi. Qorindagi og‘riq pastda, asosan,
o‘ngda aniqlanadi. Mushak taranglashib, o‘ng chanoq sohasiga tarqaladi. ShetkinBlyumberg sinamasi ijobiy bo‘ladi. Baʼzan qizlarda qindan shillik-yiringli ajralma
chiqishi aniqlanadi. Leykositoz 18-20000. Kasallikning klinik belgilari o‘tkir va
tez kechganligi sababli kasal, asosan, kechiktirilmasdan kasalxonaga yotqiziladi va
o‘z vaqtida davolanib, yaxshi bo‘lib chiqib ketadi.
Appendikulyar peritonit. Kasallik o‘tkir appenditsitdan keyin bir necha vaqt
o‘tgandan keyin paydo bo‘ladi. Anamnezdan kasalda, og‘riq qorinda paydo bo‘lib,
bir marta qusadi va harorati ko‘tariladi. Keyinchalik og‘riq bir necha vaqt kamayib,
harorati yuqoriligicha turadi. Kasalning umumiy holati birmuncha yaxshilanadi.
Keyinchalik esa yomonlasha borib, qorindagi og‘riq kuchayadi, kasal qusa
boshlaydi. Bunday kasalda oraliq yaxshilanish davri chuvalchangsimon o‘simta
destruksiyasi va nerv tugunlarining nekrozi bilan xarakterlansa, kasallikning
og‘irlashishi o‘simta perforatsiyasi, yaʼni peritonitning boshlanishi bilan
ifodalanadi. Bunday paytda, bilmagungacha biror antibiotik berish kasaldagi
peritonit aniqlanmasligiga sabab bo‘lib, og‘ir asoratlarga va oqibatlarga olib keladi.
Kasal ko‘zdan kechirilganda, umumiy ahvoli ancha ayanchliligi ko‘zga
tashlanadi. Terisi oqargan, „marmarsimon“ rangda, tili qurigan va oq karash
boylagan, qisman hansirash kuzatiladi. Baʼzan puls chastotasi bilan harorat darajasi o‘rtasidagi birlik buzilib, kollaptoid holat yuzaga keladi. Qorin doim og‘riydi,
mushaklar taranglashadi va Shetkin-Blyumberg simptomi o‘ng chanoq sohasida
kuzatiladi. Baʼzan tenezm, ich ketishi va og‘riqli tez-tez siyish holatlari kuzatiladi.
To‘g‘ri ichakni barmoq bilan tekshirilganda, ichakning oldingi devori og‘riqli
osilgan holatdaligi aniqlanadi. Kichik yoshdagi bolalarda, kasallikning dastlabki
davrida, umumiy ahvoli uncha o‘zgarmagan bo‘ladi. Keyinchalik nafas olish va
yurak urishi tezlashadi. Metabolik jarayonlarning buzilishi natijasida, keyinchalik
kasalning umumiy ahvoli battar yomonlashadi.

Davosi



Appendikulyar peritonitni davolashda operatsiyaga tayyorlash,
operatsiya va operatsiyadan keyingi davr asosiy o‘rin tutadi. Operatsiyaga
tayyorlashdan asosiy maqsad gemodinamik buzilishlarni kamaytirish, kislotaishqor va suv-tuz almashinuvini kamaytirishdan iborat.
Operatsiyadan ko‘zga tutiluvchi maqsad — birlamchi o‘choqni bartaraf qilish,
qorin bo‘shlig‘ining lozim bo‘lgan sohasini yiringdan tozalab drenajlashdan iborat.
Operatsiyadan keyingi davrda esa kasalni o‘rinda 30° burchak ostida yotish
holatini, qo‘yilgan drenaj naylardan ekssudatlar chiqishini taʼminlash kerak. Yurak
va nafas olish tizimi faoliyatini tiklash, zaharlanishni kamaytirish kislota-ishqor va
tuz-suv almashinuvini mo‘tadillashtirishga qaratilgan kompleks davo tadbirlarini
olib borishdan iborat.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz