Oʻtkir chirik infeksiya
Chirik (putrid) infeksiyaga nekroz va toʻqimalar yemirilishining tez rivojlanishi xosdir. Bu dard ixoroz ekssudat, badboʻy hidli yiring-qonli suyuqlikning paydo boʻlishi bilan davom etadi.
Etiologiyasi va patogenezi
Chirik infeksiya turli anaerob mikroblar (B. proteus, B. putrificus, Bacteroidis, Fusobacterium turkumi), shuningdek Escherichie Coli, Pseudomonas aeruginosa tufayli paydo boʻladi. Infeksiyaga stafilokokk yoki streptokokkli infeksiyalar gaz (vodorod sulfid, metilmerkaptan) ajralib chiqishi va qoʻlansa hid bilan
kechadigan toʻqimalar parchalanishi xosdir. Ekssudat loyqasimon, toʻq kulrang rangda, qon aralash boʻladi. Infeksiya ogʻiz boʻshligʻi, ichak, siydik yoʻllari orqali ekzogen, kamdankam hollarda endogen yoi bilan yuqadi. Toʻqimalar nekrozi va anaerob
sharoitlar infeksiyasining tarqalishiga imkon beradi. Masalan, ogʻiz
boʻshligʻi infeksiyasi ogʻir yutqin abssesslarini va boʻyinning chuqur flegmonalarini keltirib chiqarishi mumkin. Koʻpincha pastki jagʻ suyak usti abssessi yorib koʻrilganda badboʻy hidli boʻshliq aniqlanadi. Xuddi shunga oʻxshash infeksiya churra qisilib qolganda yoki koʻrichak
chuvalchangsimon oʻsimtasi yalligʻlangan hollarda toʻgʻri ichak
kletchatkasi atrofida ham rivojlanadi.
Patolik-anatomik manzarasi
Chirik infeksiya jarayoni dastlab teri osti
kletchatkasiga tarqaladi, keyin mushak pardalari orasidagi boʻshliqqa oʻtib mushak pardasi va pay nekroziga sabab boʻladi. Suyak yemirilganda
chirik osteomiyelit rivojlanadi. Venada kasallikni keltirib chiqaruvchi
tiqinlar paydo boʻladi, ulardan septik embollar shakllanib, ular boshqa aʼzolarga oʻtadi va metastatik abssesslar, chirik septikopiyemiyani paydo
qiladi, ikkilamchi qon ketishi aniqlanadi.
Klinik manzarasi
Bunda umumiy intoksikatsiyaning rivojlanishi,
haroratning yuqori boʻlishi, badan uvishishi, qon bosimining pasayib
ketishi, yurak urishining tezlashuvi (taxikardiya) va hokazolar kuzatiladi.
Jarohat spesifik kulrang tusda boʻladi, muskul toʻqimasi qaynatib
pishirilgan goʻshtni eslatadi. Oʻtkir ixorozda hidli qoramtir gemorragik
suyuqlik va gazlar aralashmasi ajraladi. Jarohat atrofida keng infiltratsiya
kuzatiladi. Gazlarning borligi toʻqimalar krepitatsiyasini belgilab beradi.
Ayni vaqtda limfangit va limfadenit kuzatiladi.
Differensial diagnozi
Chirik infeksiyani baʼzan anaerob yoki gaz
infeksiyasidan, umumiy xirurgik infeksiyadan, septik metastazli umumiy
xirurgik infeksiyadan, qovurgʻa bilan qorin orasidagi vena septik
tromboflebitidan („phlegmasia coerilea dolens“) farq qilish qiyin. Chirik
infeksiyada gaz pufakchalarida faqat jarohatning koʻpikli suyuqhgi boʻladi
442va u biriktiruvchi toʻqima yogʻ qavatiga tutashib turadi, gazli gangrenada
(klostridiyli anaerob infeksiya) esa aksari muskullarda (glikoliz tufayli)
paydo boʻladi.
Davosi
Chirik infeksiyada parchalangan toʻqimalarni tezda jarrohlik
yoʻli bilan olib tashlash zarur. Toʻqimalar keng ochiladi, yiring chiqarib
yuboriladi, antiseptiklar bilan yuviladi. Jarohatga polixlorvinnilli
drenajlar, antiseptik eritmalarga shimdirilgan (vodorod peroksid va kaliy
permanganat eritmasi oʻrinli hisoblanadi) tamponlar qoʻyiladi. Kasallik
kechiktirib yuborilgan hollarda jarohatlangan qoʻl yoki oyoq kesib
tashlanadi.
Antibiotiklar, sulfanilamid preparatlar, proteolitik fermentlar va
spesifik plazma qoʻllaniladi. Umumiy davolash toʻyimli ovqatlar,
vitaminlar tayinlash, qon va uning oʻrnini bosuvchilarni qoʻyishdan iborat.
Giperbarik oksigenatsiyani qoʻllash foydalidir.
Manbalar
uz.wikipedia.org