Otenit




Otenit , otunit (Fransiyadagi Otyon shahri nomidan) — uranli slyudalar guruxiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Ca(UO2)2[POJ28H2O; tarkibida 62,7% UO36op. Tetragonal singoniyada kristallanadi. Kristallari, odatda, yupqa kvadrat, tabletka shaklida, slyudasimon. Tangacha shaklli afegatlari ham uchraydi. Rangi sariq, baʼzan yashilroq sariq. Sadafsimon yaltiroq. Qattikligi 2—2,5. Zichligi 3,1—3,2 g/sm3. Kuchli radioaktiv. O. gidrotermal tomirlarda, pegmatitlarda uranning turli minerallari (ayniqsa, uranit)ning yuza qismida roʻy bergan oʻzgarishlar natijasida hosil boʻlgan. O. katta uyumlaridan uran rudasi sifatida foydalaniladi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz