Otemisov Saparbay




Oʻtemisov Saparbay Oʻtemis oʻgʻli (1943-yil 3-may, Toshkent viloyati, O'zbekiston SSR) – sovet va qozoq teatr aktyori. Qozogʻiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1980). Janubiy Qozog‘iston viloyati faxriy fuqarosi.

Hayoti



Oʻtemisov Saparbay Oʻtemis oʻgʻli 1943-yil 3-mayda Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida tugʻilgan. Millati qozoq. Otasi – Primbetov Oʻtemis, hozir marhum, kolxozda ishlagan. Onasi – Omarova Guljan, hozirda marhum, kolxozda ishlagan.

1967-yilda Qurmangazi Sanʼat institutining aktyorlik fakultetini tamomlagan. Rus va qozoq tillarida soʻzlasha oladi.

1960-yildan 1963-yilgacha Janubiy Qozogʻiston viloyatidagi qozoq drama teatrida sahna xodimi boʻlib ishlagan.

1967-yildan hozirgacha J. Shanina nomidagi Janubiy Qozogʻiston viloyati musiqali drama teatrida aktyorlik qiladi.

Oilasi



Xotini – Sara Nigʻmetova (1941-yilda tugʻilgan) nafaqaxoʻr. Al-Farobiy nomidagi Madaniyat instituti katta oʻqituvchisi hamda J. Shanina nomidagi Janubiy Qozogʻiston viloyat qozoq drama teatri vokal oʻqituvchisi boʻlgan.

O'g'illari – Oʻtemis Qayrat Saparbay oʻgʻli (1966-yilda tugʻilgan), Oʻtemis Kanat Saparbay oʻgʻli (1976-yilda tugʻilgan).

Qizlari – Oʻtemis Togʻjon Saparbay qizi (1969-yilda tugʻilgan), Oʻtemis Aynur Saparbay qizi (1975-yilda tugʻilgan).

Mukofotlari



1980-yil – „Qozogʻiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist“ faxriy unvoni.

1989 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Faxriy yorliqlari.

„Mehnat faxriysi“ medali (SSSR).

„Mehnatdagi farqi uchun“ medali (SSSR).

2010-yil – Parasat ordeni.

„Janubiy Qozogʻiston viloyatidagi xizmatlari uchun“ medali.

„Janubiy Qozogʻiston viloyati faxriy fuqarosi“

2016-yil – Janubiy Qozogʻiston viloyati hokimining maxsus mukofoti.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz