Oʻtegen Botir




Oʻtegen-Botir — Almati viloyati Ile tumanidagi qishloq, tuman markazi (1976-yildan buyon). Viloyat markazi – Taldiqoʻrgʻan shahridan janubi-gʻarbga tomon 260 km masofada, Almati shahridan 3 km uzoqlikda joylashgan. Aholisi 21,596 kishi (2012).

Aholisi



1999-yili qishloq aholisi 17 301 kishini , 2012-yili esa qishloq aholisi 21 596 kishini tashkil qildi.

Tarixi



Oʻtegen-Botir qishlogʻi 1999-yilgacha “Energeticheskiy” deb nomlandi. Poydevori 1962-yili Almati davlat maʼmuriy elektr stansiyasining bunyod etilishi bilan qurilgan.

Sanoati



Qishloqda temir beton zavodi, davlat maʼmuriy elektr stansiyasi, avtomabil, qurulish sohalaridagi korxonalari va boshqalari bor. Oʻtegen-Botir qishlogʻidan Turkiston-Sibir temir yoʻli oʻtadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz