Otboshi tumani





Otboshi tumani (qirgʻizcha: Ат-башы району) — Qirgʻiziston Respublikasining Norin viloyatidagi tuman.

Maʼmuriy markazi — Otboshi

Geografiyasi



Ot-Bashi tumani Norin viloyatining janubiy qismida joylashgan. Maydoni 19 000 km². Shimolda Norin viloyatining Oq-Tola va Norin tumani, gʻarbda Oʻsh viloyati, sharqda Issiqkoʻl viloyati, janubda Xitoy (Qizilsuv-Qirgʻiz avtonom okrugi, Shinjon-Uygʻur muxtor tumani) bilan chegaradosh.

Dengiz sathidan 2300 m balandlikda joylashgan. Ot-Boshi hududi boʻyicha Qirgʻizistondagi eng katta tuman hisoblanadi. Tuman hududidan Ot-Boshi daryosi oqib oʻtadi, havzasining maydoni 5540 km². Oʻrtacha oqim meyori 5,98 l / sek * km² ni tashkil qiladi.

Aholisi



2009-yilgi Qirgʻiziston aholisini roʻyxatga olish hisobotiga koʻra, tumanda 49.238 kishi istiqomat qilib, qirgʻizlar 48.690 kishi (98,9 %), oʻzbeklar 256 kishi (0,5 %) va uygʻurlar 133 kishini (0,3 %) tashkil qiladi.

Aholi punktlari



Taniqli shaxslar



Manbalar





uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz