Otaxohob Ergash Isaboyevich




Ergash Isaboyevich Otaxohov (1914.11.9, Namangan - 1967.18.11, Toshkent) — terapevt olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1960), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964). Tibbiyot fanlari doktori (1947), professor (1947). Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgach (1936), Harbiy-Dengiz flotida xizmat qilgan (1937—39). Toshkent tibbiyot akademiyasi gospital terapiya kafedrasida aspirant, assistent, dotsent, mudir (1939—49), Oʻzbekiston Gematologiya va qon quyish ilmiy tadqiqot institutining direktori (1942—44), Toshkent tibbiyot akademiyasida ilmiy ishlar boʻyicha prorektor (1949—51), pediatriya va sanitariya-gigiyena fakultetlari ichki kasalliklar pro-pedevtikasi kafedrasi mudiri (1951 — 1967). Ilmiy ishlari oʻlka patologiya-si, ovqat hazm qilish aʼzolari va qon kasalliklariga oid. Namangan tibbiyot bilim yurtiga O. nomi berilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz