Otaxodjayev Anvar Xojaxanovich




Otaxoʻjayev Anvar Xojaxanovich -Namangan shahrida 1972-yilda tavallud topgan. Maʼlumoti Oliy,1994-yilda Namangan Muhandislik-Iqtisodiyot Institutini(kunduzgi),2002-yilda Namangan Muhandislik-Iqtisodiyot Institutini(sirtqi) taʼlimni,2001-yilda esa O‘zbekiston Respublikasi huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.

U 5- mart 2019-yilda Namangan Viloyati Chortoq tumani xokimi etib tayinlandi. Bu kungacha u Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ishlab chiqarish boshqarmasi boshlig‘i bo'lib ishlab kelayotgandi.

Mehnat Faoliyati



1989-1994 yillarda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti talabasi.

1994-1997 yillarda Namangan shahridagi „Oltin vodiy-95“ xususiy firmasi boshlig'i.

1997-1998 yillarda Namangan viloyati statistika boshqarmasi tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi iqtisodchisi.

1998-2001 yillarda Namangan viloyati iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmasida aholi turmush darajasi va isteʼmol bozorini balanslashtirish bo‘limi mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i.

2001-2005 yillarda Namangan viloyati hokimligining Axborot-tahlil guruhi yetakchi mutaxassisi.

2005-2008 yillarda- O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i.

2008-2012 yillarda- Namangan viloyati mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i.

2012-2016 yillarda- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti hududlarni kompleksi rivojlantirish sho‘‘basining yetakchi mutaxassisi.

2016-2017 yillarda- O‘zbekiston Oziq-ovqat xolding kompaniyasi boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari.

2017-2018 yillarda- „O‘zparrandasanoat“ uyushmasi raisining o‘rinbosari.

2018-2019 yillarda- „Olmaliq kon-metallurgiya kombinati“ AJ isteʼmol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi boshlig‘i.

2019 yildan beri-Chortoq Tuman Xokimi

Faoliyati



Otaxoʻjayev Anvar Xoʻjaxanovich tomonidan-2023-yil 27-fevralda VI-48-7-6-88-K/23 sonli qarorni imzoladi.
Bu qaror Chortoq tumanini 2023 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha
amalga oshiriladigan ishlar„Yo‘l xaritasi“ni tasdiqlash to‘g‘risida.

2021-yil 23- mart kuni Namangan viloyati Chortoq tumani hamda Pop tumani statistika boʻlimi tomonidan Chortoq va Pop tuman hokimligida yurtimizda 2023- yilda o‘tkaziladigan aholini roʻyxatga olish ishlariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi.
Tadbirda, Namangan viloyat hokimi o‘rinbosari — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Sh. Musayev, Chortoq tuman hokimi A.Otaxo‘jayev, Pop tumani hokimi o‘rinbosari — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i va korxona va tashkilotlar faollari ishtirok etishdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz