Otashkada




Otashkada — zardushtiylik dini ibodatxonasi. Gushtaspnchig farmoni bilan kurila boshlangan. O.lar turli tabiiy ofatlardan muhofaza qilish maq-sadida balandlikka, tepa ustiga yoki harsang toshlardan yasalgan 3–4 m lik tagkursilar ustiga kurilgan. Dastlab O. diniy marosim va ibodatlarni bajarish maskani boʻlgan. Asta-sekin O.ning vazifalari oʻzgara borib, sosoniylar davrida jamoa yigʻinlari va boshqa tadbirlar oʻtkaziladigan joyga aylangan. Barcha harajatlar podsholik tomonidan O.ga vaqf qilingan yer, chorva, bogʻ-rogʻlardan olinadigan daromadlar hisobiga qoplangan; O.lar bir necha hujra, tolor (zal)lardan iborat boʻlgan. Bino oldida doim olov yonib tu-radigan O. maydoni bunyod etilgan. Is-fahon, Yazd, Koma (Hindiston) shahrilarida eng qad. O.larning harobalari mav-jud. O.larda 7 xil musiqa asbobi joʻrli-gida Goxlarni yodlattiradigan maxsus goʻshalar boʻlgan. O.lar diniy udum va marosimlarni oʻtkazadigan manzil boʻlish bilan birga maʼnaviy, maʼrifiy ishlar markazi hisoblangan.

Hamidjon Homidov.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz