Otamurot




Karki (1999-yildan 2017-yilgacha Otamurot ) — Turkmanistonning Lebap viloyati Otamurod tumanidagi shahar (1925-yildan). Tuman markazi. Amudaryoning chap sohilida. Oʻng sohilida pristan va Karkichi temir yoʻl stansiyasi (Kogon — Dushanba temir yoʻl yoʻnalishi) joylashgan. Shahar Turkmanobod — Otamurot temiryoʻlning oxirgi punkti. Karki shosse yoʻli orqali Turkmanobod va Amudaryo orqali Mari, Tajan shaharlari bilan bogʻlangan. Aholisi 30,8 ming kishi (1999).

Karki 10-asrdan maʼlum. 1917-yilgacha Buxoro amirligining Karki bekligi markazi, 1943-yil dekekabrdan 1947-yil yanvargacha Turkmaniston SSR Karki viloyati markazi. Shaharda paxta tozalash, kurilish materiallari, sut-moy zavodlari, goʻsht va non kombinatlari, gilam fabrikakasi, umumiy taʼlim va musiqa maktablari, ped. bilim yurti, madaniyat uyi, 5 kutubxona, tarixiyoʻlkashunoslik muzeyi, kasalxona, madaniy, maishiy va savdo xizmati koʻrsatish shoxobchalari bor.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz