Otamdan qolgan dalalar (film)




Otamdan qolgan dalalar  — yozuvchi Togʻay Murod qalamiga mansub ayni nomli badiiy asar asosida rejissyor Shuhrat Abbosov tomonidan 1997-yilda suratga olingan murakkab syujetli film.

Mazmuni



Ushbu kinofilmda XIX asrning 60-yillardagi Qoʻqon xonligining Chor Rossiyasi tomonidan istilosi davri haqida hikoya qilinadi. Fargʻona vodiysida Jamoliddin ismli dehqon davom etayotgan qoʻzgʻolonning oldini olish maqsadida general Skobelev bilan koʻrishadi. Natijasiz tugagan muzokaralardan soʻng, u oilasini olib hozirgi Qirg'iziston hududiga koʻchib ketadi. Biroq, qochib ketish jarayoni tugamay turib, uning izidan tushgan hukumat askarlari uni qoʻlga olishadi. Ayoli esa oʻgʻlini dunyoga keltirib, oʻzi vafot etadi.

Keyinchalik, aynan oʻsha oʻgʻli Aqrab (Chayon) bosmachilarga qoʻshilib, oʻz vatani uchun kurashadi. Ammo, u oʻz niyatini amalga oshirmay turib, bolshevik askarlar uni otib oʻldirishadi. Otasi uchun qasd olishni oʻz oldiga maqsad qilib olgan Dehqonboy (Aqrabning oʻgʻli) tarix muallimi sifatida ishlaydi hamda biroz tinch hayot kechiradi. Shunga qaramasdan uni ham xalq dushmani sifatida Sibirga surgun qilishadi.

Aktyorlar tarkibi



Quyida ushbu filmda rol ijro etgan aktyorlar roʻyxati keltirib oʻtilgan:

Film haqida fikrlar



Rejissyorning film yaratilishi haqida fikri




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz