OTAJONOV ORTIQ (1947.30.1, Bog’ot tumani) — xonanda, O’zbekiston (1991), Turkmaniston va Qoraqalpog’iston (1993) xalq artisti. Urganch musiqa bilim yurtini (rubob sinfi bo’yicha, 1967) va Toshkent madaniyat instituti (1980) ni tugatgan. Milliy ashulachilik yo’llarini K.Otaniyozov, shuningdek, A.Otajonov, M.Mirzayev, G.Rahimova, O.Ibrohimov va S.Sobirovlardan o’rgangan. O’zbek davlat filarmoniyasi, “Lazgi” ansamblida xonanda (1968-81), “Lazgi” ansamblining badiiy rahbari (1982-88). Repertuaridan Xorazm mumtoz ashulalari (“Feruz 1, 11” savtlari bilan, “Chapandozi Suvora”, “Kajhang Suvora”, “Xorazm Dugohi” va boshqalar), kuyini o’zi bastalagan asarlar (“zebolanib kelibsiz” , “ona diyorim”, “Xorazm farzandiman”, “Orol dardi”, “Seni kulishlaring”, “Ibiyay”, “Boshqacha” va boshqalar), shuningdek, afg’on, turkman, ozarbayjon, rus, Arab qo’shiqlari o’rin olgan. Ijrolari 2 gramplastinka, O’zbekiston radiosi fonotekasiga yozilgan. O’zbekiston televideniesida “Ortiq Ota-onov” film-konnerti yaratilgan. Otajonov Osiyo, Yevropa, Amerika, Avstraliya mamlakatlarida gastrolda bo’lgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish