Otajalol Nosirov




Otajalol Nosirov (1845, Buxoro — 1928, Samarqand) — hofiz, sozanda, bastakor. Dastlabki musiqa sabokdarini onasidan olgan, keyinchalik Tillaboy xrfizdan sozandalik hamda maqom ijrochilik sirlarini oʻrgangan. 1862-yildan Buxoro amirlari (Muzaffarxon, Abdulahadxon, Olimxon) saroylarida xonanda va sozanda boʻlib xizmat qilgan. 1920—27 yillar Buxorodagi Sharq musiqa maktabida, 1928-yili Samarqand musiqa va xoreofafiya institutida oʻzbek va tojik xalqlari mumtoz musika merosidan dare bergan. Shashma-qom yoʻllarini mukammal biluvchi ma-krmdon ustoz, murakkab usullar ustasi sifatida tan olingan. Xususan mushkilot kismlarini tartibga solgan, ayrim makom shoʻʼbalarini kengaytirgan, Segoh maqomiga savtlar bastalagan (Savti Ja-loliy). Uning ijro uslubi maqom yoʻllari usulining ravonligi, talaffuzining burroligi va ovozining katta taʼsir kuchiga ega ekanligi bilan ajralib tu-radi. 1923-yil O. J. ijrosida V. Uspenskiy Buxoro Shashmakrmining ashula va cholgʻu yoʻllarini tarixda ilk bor notaga yozib olib, 1924-yilda nashr ettirgan. Domla Halim Ibodov, Hoji Abdulaziz, Levina hofiz Boboxonov, B. Fayzullayev va boshqa O. J. shogirdlaridir.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz