Otaboy Eshonov




Otaboy Eshonov (1916.15.3 Toshkent — 1990.2.10) — huquqshunos olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1960), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1966), yuridik fanlaridri (1950), professor (1951). OʻzSSR MIK huzuridagi Sovet qurilishi va huquqi institutini tugatgan (1936). Toshkent yuridik institutida aspirant (1936—39), assistent, katta oʻqituvchi (1939—43), dotsent (1943—45), davlat va huquq kafedrasi mudiri (1954—55). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya (194551), Iqtisodiyot (195 1—52) institutlarida boʻlim mudiri, OʻzSSR Ministrlar Soveti fan, madaniyat va maorif boʻlimi mudiri (1953—54), Oʻrta Osiyo universitetida kafedra mudiri (1955—58). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq institutida direktor oʻrinbosari (195859), direktor (195961), sektor mudiri (1961-yildan). Ilmiy va pedagogik faoliyati huquqshunoslik va davlatshunoslikni oʻrganishga bagʻishlangan. E. bir necha darslik va oʻquv qoʻllanmalarining muallifi. Shuningdek, uning bevosita rahbarligida Fayzulla Xoʻjayevning 3 jildli Tanlangan asarlari nashr etilgan (1976— 80). E. Buxoro xonligining 19-asr oxiri —20-asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy tuzilishi, BXSR davlat va huquq tarixini tadqiq qilgan. Buxoro shahridagi koʻchalarning biriga E. nomi berilgan.

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz