Otabek Xolmatov




Otabek Xolmatov (oʻzbekcha: Xolmatov Otabek Shuxrat oʻgʻli 1998-yil 22-iyul, Sirdaryo viloyati) – oʻzbekistonlik bokschi, yengil vazn toifasida ringga tushadi. U havaskor sifatida yengil vazn toifasida 2016-yilgi AIBA yoshlar oʻrtasidagi boks boʻyicha jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan.

Havaskorlik faoliyati



2015-yil sentabr oyida birinchi yengil vazn toifasida (49 kggacha) yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempioni boʻlgan.

2016-yilgi AIBA boks boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati



2016-yil noyabr oyida Otabek Xolmatov eng yengil vazn toifasida (52 kagacha) yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan.

1/32 final: Fatxidin Hamroyev (Qirgʻiziston) 4:1 hisobida magʻlub boʻldi.

1/8 final: Istvan Szaka (Vengriya) 5:0 hisobida magʻlub boʻldi

Chorak final: Darvin Martines Kalero (Nikaragua) 5:0 hisobida magʻlub boʻldi

Yarim final: Hayato Tsutsumi (Yaponiya)

2017-yilgi Oʻzbekiston chempionati
Xolmatov eng yengil vazn toifasida (56  kggacha) 1/8 finalda Ravshanbek Aminov ustidan gʻalaba qozondi. Chorak finalda u Mirazizbek Mirzaxalilovga yutqazib qoʻydi.

2018-yilgi Oʻzbekiston chempionati
Xolmatov yengil vazn toifasida (57 kggacha) ringga chiqdi. 1/32 finalda Xusrav Soatov gʻalaba qozondi. 1/16 finalda Dostonbek Oʻljaboev gʻalaba qozondi. 1/8 finalda Ravshanbek Aminov gʻalaba qozondi. Chorak finalda Abdulla Qoʻchqorov gʻalaba qozondi. Yarim finalda Mirazizbek Mirzaxalilov gʻalaba qozondi. Finalda Otabek Xolmatov Abdulxay Shorahmatovga imkoniyatni boy berdi.

2019-yilgi Oʻzbekiston chempionati
Xolmatov 1-oʻrta vazn toifasida (64 kggacha) ringga chiqdi. Temurmalik Adhamov 1/8 finalda gʻalaba qozondi. Boburmirzo Tolibov chorak finalda gʻalaba qozondi. Yarim finalda esa Otabek Xolmatov Mujibillo Tursunovga imkoniyatni boy berdi.

Professional faoliyati



Xolmatov 2021-yil 13-avgust kuni Marcello Williamsga qarshi professional debyut qilgan va birinchi raunddayoq nokautga uchragan edi. 2023-yil mart oyida u britaniyalik Tomas Patrik Uordni texnik nokaut bilan yutgan.

2023-yil 30-may kuni WBA rasmiy ravishda Otabek Xlomatov va Ley Vud uchun majburiy chempionlik jangini oʻtkazishini maʼlum qildi.

Professional boks rekordi




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz