Otabek Valijonov
Otabek Valijonov (1984-yil 10-mayda tugʻilgan), baʼzan
Otabek Valijonov deb ham ataladi, oʻzbek futbolchisi, Bangladesh Premer-ligasi vakili Shayx Jamol DC jamoasida hujumkor yarim himoyachi yoki ikkinchi hujumchi sifatida oʻynaydi. U hujum chizigʻining turli pozitsiyalarida oʻynay oladigan koʻp qirrali pleymeyker.
Futbolchilik faoliyati
Namangan futboli tarbiyalanuvchisi. Professional faoliyatini „Navbahor“ klubi tarkibida boshlagan. Oʻzbekiston jamolaridan shuningdek Gʻuzorning „Shoʻrtan“ Andijonning „Andijon“, Buxoroning „Nurafshon“, Olnmaliqning „AGMK“ va Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klublari sharafini himoya qilgan. 2018-yil yozgi transfer oyida Bangladesh chempionati vakili „Team BJMC“ klubi futbolchisig aylandi. 2019-yilgi mavsum avvalida Bangladesh chempionatining yetakchi jamoalaridan biri „Brothers Union“ safiga transfer qilinadi. 2020-yilgi mavsumda Bangladeshning boshqa bir jamoasi „Shayx Jamol Danmondi“ klubi futbolchisiga aylandi va klubning yetakchilardan biri sifatida hozirda ham faoliyat olib bormoqda.
Yutuqlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org