Otabek Sattoriy
Otabek Sattoriy — oʻzbekistonlik mustaqil bloger va jurnalist. 2021-yil 29-yanvarda tovlamachilik va tuhmatda ayblanib hibsga olingan va olti yilu olti oyga ozodlikdan mahrum etilgan. Biroq, bu ayblovlar Sattoriyning 2020-yilgi gaz taqchilligi davridagi hukumat korrupsiyasini yoritishi ortidan yuzaga kelgan boʻlishi mumkin.
Tarixi
2016-yilda Islom Karimov vafotidan soʻng Oʻzbekistonda ommaviy axborot vositalariga qoʻyilgan cheklovlar biroz yumshatilgan. Natijada, koʻplab mustaqil bloggerlar va jurnalistlar turli ijtimoiy media platformalarida, masalan, Telegramda oʻz maqolalarini yozishni boshladilar.
Sattoriy „Xalq fikri“ deb nomlangan blog yuritgan. Ushbu blogda ko‘pincha mahalliy amaldorlar qilganligi iddao qilingan korrupsion holatlarni yoritib turardi.
Hibsga olish va sud
2020-yil dekabr oyida Sattoriy bozordagi qimmat narxlar haqida suratga olish chogʻida „suratga olishga xalaqit bermoqchi boʻlib, telefonni zoʻrlik bilan tortib olib, soʻng yaroqsiz holatda qaytarib bergan“ shaxsga duch keladi. „U shaxs Sattoriyga yangi telefon berayotganida, militsiya bloggerni hibsga oldi. Blogger telefonni olish uchun tovlamachilikda ayblandi“. Bloggerning advokati ayblovlarni „soxta“ deb taʼrifladi.
2021-yil 15-iyul kuni apellyatsiya sudi Sattoriyga nisbatan hukm chiqardi va ayblovlarni oʻz kuchida qoldirdi.
2022-yil 5-aprelda Oliy sud ham hukm va ayblovlarni oʻz kuchida qoldirdi.
Xalqaro javob
Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi „Oʻzbekiston hukumati jurnalist Otabek Sattoriyni zudlik bilan ozod etishi, uning murojaatiga eʼtiroz bildirmasligi, barcha jurnalistlarga repressiyadan qoʻrqmasdan, erkin ishlashiga imkon berishi kerak“, deb yozgan edi.
AQShda joylashgan "Freedom Now" nodavlat tashkiloti BMTning asossiz hibsga olish boʻyicha ishchi guruhiga ushbu ish yuzasidan petisiya topshirdi.
Manbalar
uz.wikipedia.org