Otabek Joʻraboyev




Otabek Joʻraboyev  — (1973, Fargʻona viloyati) adabiyotshunos, Filologiya fanlari nomzodi (2003).

Faoliyati



Qoʻqon Davlat pedagogika institutini tugatgan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzey aspiranti (1998—2001), Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti doktaranti (2007—2009). Keyinchalik Davlat adabiyot muzeyi katta ilmiy xodimi.

Asarlari



Uning „Haziniy toʻra. Hayoti va ijodi“ (2007), „Zahiriddin Muhammad Bobur va XVI asr oʻzbek adabiyoti“ (2008), „Navoiy va tarix“ (2016), „Mumtoz adabiyot tugʻanniynoma“ (2016), „Matn va tadqiq“ (hammuallif, 2016), Abdulqodir Gʻiyloniy „Sirr ul-asror. Maktubot“ (2005) kabi tarjima, monografiya, risola kitoblari nashr etilgan.

Mukofotlari



„Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining maxsus mukofoti“ (2000) va „Yilning eng yaxshi ilmiy maʼruzasi uchun“ (2004) mukofotlari bilan taqdirlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz