Otabek Hasanov




Otabek Abdurashidovich Xasanov (1985-yil 9-martda tugʻilgan) — oʻzbek siyosatchisi, siyosiy fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD). Oʻzbekiston davlat arbobi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori birinchi oʻrinbosari . Ayni vaqtda agentlik direktorining birinchi oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosariga tenglashtiriladi.

Biografiya



Otabek Xasanov 1985-yil 9-martda Toshkent viloyati Olmaliq shahrida tugʻilgan.

Taʼlim



Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi siyosatshunoslik, davlat boshqaruvi, menejment. 2006-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini bakalavr bosqichini tamomlagan. 2008-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini magistraturasini, 2013-yilda Prezident huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati



Otabek Xasanov mehnat faoliyatini 2006-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Mintaqaviy siyosat jamgʻarmasi bosh eksperti sifatida boshlagan. Mazkur lavozimda 2010-yilga qadar ishlagan.
2009—2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor yordamchisi, 2011—2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi „Xorijiy davlatlar siyosiy tizimi va xalqaro iqtisodiy aloqalar“ kafedrasi kabinet mudiri va assistent oʻqituvchisi, 2013—2017-yillarda Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori, 2017—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi boshqaruvi akademiyasi „Boshqaruv kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash“ fakulteti dekani, 2019—2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish departamenti mudiri lavozimlarida faoliyat olib borgan.
2020-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari

Kitoblari



2020-yilda Otabek Xasanov muallifligidagi „Liderlar kitobi“ nashr etilgan.

Mukofotlari



2021-yilda „Sodiq xizmatlari uchun“ medali bilan mukofotlangan.

Ilmiy ishlari va maqolalari



Otabek Xasanov quyidagi ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi:

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz