Ota Durdiyev




Ota Durdiyev (1910.1.1, Keshi qishlogʻi — 1981.5.11, Ashxobod) — turkman aktyori. Turkmenistan xalq artisti (1955). Turkman teatr sanʼatining asoschilaridan. 1929-yildan Mullanapasov nomidagi Turkman drama teatrida ishlagan. Hajviy va harakterli rollar ustasi sifatida tanilgan. Yaratgan ob-razlari individual xususiyatlarning yorqinligi, satirik oʻtkirligi bilan ajralib turadi. Eng yaxshi rollari: Boboxon ("Tohir va Zuhra"), Abu Sar-dor ("Kaymir-Koʻr"), Murodov ("Choʻpon oʻgʻli"), Xorazm xoni ("Mahtumquli"), Kent ("Qirol Lir"), Ota ("Allanning oilasi") va b. "Dursun", "Choʻponning oʻgʻli", "Maxsus topshiriq" kabi filmlarda suratga tushgan.

Adabiyot





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz