O`t Uni




Pichan uni  — sunʼiy sharoitlarda yuqori haroratda quritilgan va maydalangan oʻtlardan tayyorlanadigan yem-xashak mahsuloti. Xona yoki ochiq joylarda shamolda quritilgan pichan poxolqirqqichlarda maydalanadi, keyin don tegirmonlari yoki yanchish mashinalarida tortiladi. Pichan uni sifati oʻtlar turi, oʻrib-yigʻish muddati va quritish usullariga bogʻliq. Eng yaxshi Pichan uni shonalash davrida yoki gullay boshlaganda oʻrilgan dukkakli oʻtlardan oli-nadi, oqsil, mineral moddalar, vita-minlarga boyligi jihatidan donli ozuqalardan qolishmaydi. Sebargadan tayyorlangan 100 kg Pichan uni da 70,2 ozuqa birligi va 8,3 kg hazm boʻladigan protein; xashaki loviyasuli aralashmasida 65,7 ozuqa birligi va 9,7 kg hazm boʻladigan protein bor. Pichan uni karotinga boy; karotin yaxshi saqlanishi uchun Pichan uniga antioksidantlar (santoxin va boshqa)qoʻshiladi. Choʻchqalar uchun aralash yem tarkibiga 10—15%, parrandalar uchun 3—5% Pichan uni qoʻshiladi. Vitaminlarni yoʻqotmasligi uchun Pichan unini bugʻlash yoki qaynoq suv bilan ishlov berish mumkin emas.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz