Ot kishnagan oqshom




Ot kishnagan oqshom - Togʻay Murod qissalari, “Sharq” nashriyot-matbaa konsernining Bosh tahririyati tomonidan 1994-yilda chop etilgan.   Mazkur kitobda Yulduzlar mangu yonadi, Ot kishnagan oqshom, Oydinda yurgan odamlar, Momo yer qoʻshigʻi qissalari jamlangan.

Yulduzlar mangu yonadi (qissa)



«Yulduzlar mangu yonadi»; qissasi ilk marta «Sharq yulduzi»; jurnalida chop etilgan. («Sharq yulduzi»;, 1977, 10-son.) 1980-yilda bu qissa Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida «ABK»; - «Avtorning birinchi kitobi»; seriyasi ostida chop etiladi. Keyinchalik qissa qayta ishlanib, «Qoʻshiq»; kitobiga (1987) «Davra»; nomi bilan kiritiladi (Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti). «Davra»; yozuvchi tomonidan yana qayta ishlanadi — endi «Yulduzlar mangu yonadi»; nomi bilan «Ot kishnagan oqshom»; qissalar toʻplamida chop qilinadi («Sharq»; nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati, 1994).

Ot kishnagan oqshom (qissa)



Muallifdan

Bu qissalar ne bir kunlarni koʻrmadi!

Zoti nomard boʻldi, ushbu qissalar yoqasidan oldi. Ogʻzi buzuq boʻldi, ushbu qissalarga tupugini sochdi. Qoʻli nopok boʻldi, ushbu qissalardan butun-butun boblarni oʻchirib tashladi.

Oqibat, ushbu qissalar oʻz vaqtida pati yulinmish tovuq misol chop etildi.

Alqissa, dorilomon kunlar keldi. «Ot kishnagan oq­shom»dagi Ziyodulla chavandozchasiga aytar boʻlsak... uloq Togʻay Murodda ketdi!

Oydinda yurgan odamlar (qissa)



Qissada Qoplon bilan Oymomo farzand ilinjida tunni tongga, kunni oyga, oyni yilga ulab yashaydi. Qoplon xotinini Momosi, desa, Oymomo erini Bobosi, deb chaqiradi. Ular yoʻq bolaning bobosi, yoʻq bolaning momosi boʻlib, yillarni yillarga ulaydi. Bir-biriga moʻltirab yashaydi. Ular uchramagan doktor, ular koʻrinmagan tabib qolmaydi. Ammo na doktordan, na tabibdan naf koʻradi.

Momo Yer qoʻshigʻi (qissa)



«Momo Yer qoʻshigʻi»; qissasi birinchi marta «Qoʻshiq»; nomi bilan «Yoshlik»; jurnalida e’lon qilinadi («Yoshlik»;, 1987, 3-son). Qissaning toʻliq varianti shu yili kitob shaklida chop etiladi (Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1987). Asarning yozuvchi tomonidan qayta ishlangan yangi varianti esa 1994-yilda nashr qilinadi

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz