Ostvald Vilgelm




Wilhelm Ostwald (talaffuzi: Ostvald Vilgelm) (1853.2., Riga - 1932.4.4) - nemis fizik-kimyogari. Dernt universitetini tugatgan (1875). Riga politexnika bilim yurti (1881 — 87), Leypsig universiteti (1887—96) professor, universitet qoshidagi fizik-kimyo instituti doktori (1898—1905), 1906-yilda Leypsig yaqinidagi Grossbotenda "Energiya" laboratoriyani tashkil qilgan. Fizik-kimyo asoschilaridan biri. Elekt-rolitik dissotsiatsiya nazariyasi pay-do boʻlganidan soʻng kislota-asosli kataliz nazariyasini taklif qilgan (1886—87). Binar elektrolitlar suyul-tirilgan eritmalarining elektr oʻtkazuvchanligi va reaksiyaga kirishish qobiliyatining konsentratsiyaga bogʻlikligini ifodalovchi qonun (Ostvaldning suyultirish qonuni)ni ochgan (1888). Rangli indikatorlar nazariyasini olgʻa surgan (1891). Nobel mukofoti laureati (1909).

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz