Ostonabobo
Ostonabobo – Xorazm viloyati yangiariq tumani Ostonabobo qishlogʻida joylashgan. Yodgorlikning umumiy maydoni 2 gektarni tashkil etadi. Ostonabobo haqida Yahyo Gʻulomovning „Xorazmning sugʻorilish tarixi“ kitobida qisqacha toʻxtalib oʻtilgan.. Ostonabobo yodgorligi markazida Shayx Muxtor Vali maqbarasi va uning yonida katta va kichik masjid bor. Ostonabobo yodgorligi XIII asrning oxiri XIV asrga taalluuqli.
Tuzilishi
Yodgorlikning devorlari pishgan gʻishtdan qurilgan boʻlib koʻp xonali maqbara majmuasi sifatida tashkil etilgan. Maqbara zalining shimoli va janubidagi burchaklarida kichkina kirish joylari mavjud.
Oʻrganilish tarixi
1974-yilda manzilgohdan sariq tusdagi koʻzalar va sirlangan idishlarning boʻlaklar topilgan. Topilgan sopol idishlar manzilgohda IX-XI asrlarda hayot mavjudligini koʻrsatadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org