Ostona shahri
Ostona (qozoqcha: Астана); eski nomi:
Nur-Sulton (qozoqcha: Нұр-Сұлтан) — Qozogʻiston poytaxti(1997 yil 10 dekabrdan beri). Hozirgi kunda shaharning hududi 200 km. Ishim daryosining oʻng sohilida joylashgan. Temir yoʻl tuguni. Aeroport bor. Aholisi 1 136 008 kishi (2020).
Sanoati
Mashinasozlik va metallni qayta ishlash (qishloq xoʻjalik mashinalari, nasos, vagon remonta, gaz apparaturasi, choʻyan kuyish va boshqa zavodlar), oziq-ovqat (goʻsht, sut, non mahsulotlari, pivo zavodi), yengil (chinni zavodi, tikuvchilik fabrikasi va boshqa) sanoatlari rivojlangan. Gʻisht, temir-beton materiallari, uy-joy qurilish qismlari, asfalt, keramika mahsulotlari ishlab chiqariladi. TETS ishlab turibdi. Elektr uzatkich liniyalari Ostonani Qaragʻandi, Pavlodar, Petropavl, Rudniy bilan bogʻlagan.
Tarixi
Shahar eski qismining koʻchalari toʻgʻri burchak shaklida tuzilgan. Ostonada 1960-yildan katta qurilish ishlari boshlandi. 1961—92 yillar bosh plani boʻyicha shaharning janubi-sharqiy qismidagi boʻsh yerlarda tipovoy loyiha asosida koʻp qavatli binolar qurilgan, yangi turar joy mikrorayonlari va jamoat binolari (Madaniyat saroyi, 1960—64, meʼmorlar O. Kratsklis, D. Danneberg, P. Fogel), Yoshlar uyi (1974, meʼmor A. T. Polyanskiy va boshqa), „Ishim“ mehmonxonasi, telemarkaz va boshqalar barpo etilgan. Ostonada 4 oliy oʻquv yurti, teatr, oʻlkashunoslik va tasviriy sanʼat muzeylari bor. Ostona 1830-yilda Oqmoʻla qalʼasi sifatida barpo qilingan.
Nomi
Shaharning nomi 1961-yilgacha Akmolinsk, 1992-yilgacha Tzelinograd, 1998-yilgacha Oqmola boʻlgan. U 2022 yilda Nur-Sulton deb atalgan. Ostona shahri 1997-yildan beri Qozogʻiston Respublikasining poytaxti boʻlib kelmoqda. Undan avval Olmaota shahri mamlakatning poytaxti boʻlgan.
Ichki boʻlinishi
Ostona Sariarqa tumani, Alma-Ata tumani va Yesil tumani boʻlib boʻlinadi
Qiziqarli xabarlar
Maorif
Kollejlar
Oliy oʻquv yurtlari
Ostona shahrida 10 tadan ziyod oliy oʻquv yurtlati bor, shulardan:
Sport saroylari
Aholisi
Ostona shahrining aholisi 2000-yil bilan solishtirganda 169,2-ming kishiga koʻpayib, 2006-yilning boshida 550,2 ming kishiga yetdi. Aholi soni boʻyicha Ostona Qozogʻistondagi Almati shahridan keyin 2-oʻrinda.
Milliy tarkibi
Hamdoʻst shaharlari
Shaharning nazarga tushgan joylari
Manbalar
uz.wikipedia.org