Ostin-ustin
„Ostin-ustin“ (fransuzcha: Sans dessus dessous) — fransuz yozuvchisi Jules Verne qalamiga mansub ilmiy-fantastik roman. Ilk bor 1889-yil nashr qilingan. Asar „Yerdan oyga“ hamda „Oy atrofida“ romanlari bilan birgalikda „Baltimor zambarak klubi“ haqidagi romanlar trilogiyasini tashkil etadi.
Asar qahramonlari Arktika muzlari ostidagi koʻmir qatlamlarini olish uchun yer oʻqini oʻzgartirmoqchi boʻladilar. Roman bir necha tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Syujet
„Yerdan oyga“ hamda „Oy atrofida“ romanlarida oyga parvoz qilgan „Zambarak klubi“ aʼzoladi Arktikaning oʻrganilmagan hududlarida tadqiqot olib boradilar. Qahramonlar u yerda koʻmir qatlamlari bor, deya taxmin qiladilar. Ular yer oʻqini oʻzgartirib, Arktika muzlarini eritmoqchi boʻladilar.
Qahramonlar
Oʻzbekcha tarjima
Roman oʻzbek tilida 1960-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Oʻzbek tilidagi nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: K. Poʻlatov – muharrir, K. Nazariv – rasmlar muharriri, Ya. Pinxasov – texnik muharrir, N. Komilov – musahhih. Kitob adadi – 30 000 nusxa.
Havolalar
uz.wikipedia.org