Osmon gumbazi




Osmon koinot yoki atmosferaning biror sayyora sirtidan koʻrinuvchi qismidir. Osmon rangi atmosferadagi gazlarning yorugʻlikni yutish va sindirish xususiyatlariga bogʻliq boʻladi.

Osmon , osmon gumbazi — Yer ustida gumbaz shaklida koʻrinib turadigan fazo (samo, falak, koʻk). Osmon bulutsiz kunlari kunduzi havo rang (quyosh nurlarining Yer atmosferasida sochilishi koʻproq qisqa toʻlqin uzunliklariga toʻgʻri kelgani uchun), kechalari qora boʻlib koʻrinadi. Kunduzi Osmonda Quyoshni, baʼzan Oyni va kamdan-kam hollarda baʼzi osmon jismlari (mars, Zuhra yulduzi, yaʼni Venera)ni, kechalari esa bir vaqtning oʻzida 3000 tacha yulduz, sayyoralar, Oy, tumanliklarni, baʼzan kometa, meteor va boshqa osmon jismlarini koʻrish mumkin.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz