Oʻsmirlik homiladorligi




Erta homiladorlik (shuningdek, erta tugʻruq , oʻsmirlik davri homiladorligi yoki oʻsmirlik homiladorligi deb ham ataladi) — 20 yoshgacha boʻlgan ayol jinisga mansub shaxslarda uchrovchi homiladorlik holati. Ushbu holatlar sirasiga oʻz mamlakatida qonuniy ravishda voyaga yetgan shaxslar bilan sodir boʻlgan vaziyatlar kiradi. JSST oʻsmirlar deb 10-19 yosh oraligʻidagi kishilarni hisoblaydi. Homiladorlik tuxum hujayralarining tuxumdondan tana boʻshligʻiga chiqish (ovulyasiya) jarayoni boshlanganidan soʻng, dastlabki hayz kuni oʻtkandan keyingi davrdagi jinsiy aloqa davomida sodir boʻlishi mumkin. Organizmi sogʻlom, yaxshi rivojlangan qizlarda ilk hayz holati odatda 12 yoshda sodir boʻladi.

Homilador oʻsmirlar keksa ayollar kabi homiladorlik bilan bogʻliq koʻplab muammolarga duch kelishadi. 15 yoshgacha boʻlganlar uchun qoʻshimcha tashvishlar mavjud, chunki ular sogʻlom homiladorlikni saqlab qolish yoki tugʻish uchun jismoniy jihatdan kamroq rivojlangan boʻlishadi. 15-19 yoshdagi qizlar uchun xavf yoshning biologik taʼsiridan koʻra koʻproq ijtimoiy-iqtisodiy kabi omillar bilan bogʻliqdir. Kam vazn bilan yoki erta tugʻilish, kamqonlik (anemiya) va preklampsiya kabi xavflar qizlarning 16 yoshga toʻlgunga qadar biologik yoshiga bogʻliq emas.

Oʻsmirlar homiladorligi ijtimoiy muammolar, jumladan, past sifatli taʼlimva qashshoqlik bilan uzviy bogʻliq. Rivojlangan mamlakatlarda oʻsmirlik homiladorligi odatda nikohdan tashqarida boʻlib, koʻpincha ijtimoiy stigma bilan bogʻliq boʻladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda esa erta homiladorlik koʻpincha nikohdan keyinda sodir boʻladi va yarim rejalashtirilgan hisoblanadi. Biroq, bu jamiyatlarda erta homiladorlik toʻyib ovqatlanmaslik va sifatisz sogʻliqni saqlash tizimi bilan birlashib, tibbiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Jinsiy taʼlimga oid tadbirlar hamda homiladorlikdan saqlanish vositalaridan foydalanish oʻsmirlik davrida kuzatiluvchi kutilmagan homiladorlik holatlarini kamaytirishi mumkin.

2015-yilgi koʻrsatgichlarga koʻra, har 1000 nafar ayolning 47 nafari 20 yoshigacha farzand koʻrishgan. 2015-yildan 2021-yilgacha dunyo boʻylab oʻsmir qizlar va yosh ayollarning taxminan 14 foizi 18 yoshdan oldin tugʻishgani maʼlum qilingan. Bu kabi jarayonlar tarixan Afrikada yuqori, Osiyoda esa pastroq boʻlgan. Rivojlanayotgan mamlakatlarda har yili 16 yoshgacha boʻlgan 2,5 million ayol va 15 yoshdan 19 yoshgacha boʻlgan 16 million ayol farzandli boʻladi. Bundan tashqari 3,9 million kishi homilasini abort qildiradi. Bu qishloq joylarida shaharlarga qaraganda koʻproq uchraydi. Butun dunyoda homiladorlik bilan bogʻliq asoratlar 15 yoshdan 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻlimining eng koʻp uchraydigan sababdir.

2021-yilda dunyo boʻylab 13,3 million chaqaloq yoki jami chaqaloqlarning qariyb 10 foizining onalari 20 yoshgacha boʻlgan qizlar hisoblanadi.

Yana qarang




Manbalar




Koʻproq oʻqish




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz