Osmanov Seytumer Osmanovich




Seytumer Osmanovich Osmanov (1907.20.12—2008) — biolog olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Biol. fanlari doktori (1969). Simferopol pedagogika institutini tugatgan (1933). Chelyabinsk pedagogika instituti zoologiya kafedrasi dotsenti va mudiri (1938—1940), Sevastopol biol. stansiyasida katta ilmiy xodim (1940— 41), Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941—1944), Qoraqalpogʻiston pedagogika instituti zoologiya kafedrasi dotsenti va mudiri (1944—1950), Iqtisodiyot va madaniyat institutida katta ilmiy xodim (1950—1957), Kompleks ilmiy tadqiqot instituti baliqchilik laboratoriya mudiri (1957—1958). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston filiali zoologiya va parazitologiya sektori boshligʻi (1958—1959), parazitologiya laboratoriya mudiri (1959-yildan). Ilmiy ishlari baliqlar parazitlari ekologiyasi, sistema-tikasi, biol.si va zoogeografiyasiga bagʻishlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz