Osmanlar




Osmanlar (Diptychus) — karpsimonlar oilasiga mansub baliqlar urugʻi. 3 turi maʼlum. Oʻrta Osiyo togʻlaridagi suv havzalarida 2 turi (tangachali va tangachasiz O.) tarqalgan. Tangachali O. daryolarda yashaydi. Uz. 50 sm, vazni 1 kg gacha; bahor va yozda urchiydi. Tangachasiz O. daryo va koʻllarda yashaydi; ayniqsa, Issiqkoʻlda koʻp. Uz. 60 sm, vazni 3 kg gacha. Chirchiq daryosining yuqori qismi va irmoklarida tangachasiz O.uchraydi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz