Osman Mirzayev
Usmon Mirzayev (ozarbayjoncha: Osman Mirzəyev Mirzahuseyn oğlu; 1937-yil 13-aprel — 1991-yil 20-noyabr) oʻsha paytda SSSR tarkibiga kirgan Sovet Ozarbayjonida jurnalist, yozuvchi va publitsist boʻlgan. Jurnalist Sevinj Usmonqizining otasi.
Usmon Mirzayev Ozarbayjonda mustaqil jurnalistikaning buyuk namoyondalaridan biri sifatida eʼtirof etiladi. U Ozarbayjonning birinchi siyosiy teleko‘rsatuvi bo‘lmish „Dalga“ (To‘lqin) dasturining boshlovchisi sifatida hamda Sovet Ozarbayjonidagi siyosiy qatag‘on va taʼqiblar haqidagi tadqiqot maqolalari, „Biz bir marta yashaymiz“, „Uchayotgan burgut, tomchi va ko‘l“ kabi kitoblari orqali tanilgan. Mirzayevning „Adlarimiz“ („Ismlarimiz“) kitobida Ozarbayjondagi eng mashhur ismlarning kelib chiqishi va maʼnolari koʻrib chiqilgan.
Biografiya
Usmon Mirzayev 1937-yil 13-aprelda Ozarbayjonning Boku shahrida tug‘ilgan. Ozarbayjon Davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan.
1991-yilda mamlakat mustaqillikka erishgach, u Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi axborot boʻlimi mudiri lavozimlarida ishlagan.
Usmon Mirzayev 1991-yil 20-noyabrda Tog‘li Qorabog‘da Mil Mi-8 otishmasi oqibatida halok bo‘lgan. U mintaqadagi to‘qnashuvlarni tekshirish bo‘yicha 22 kishilik xalqaro missiya tarkibida edi. Halokatdan omon qolganlar boʻlmadi. Turmush oʻrtogʻi va qizlari uning faoliyatini davom ettirib, jurnalistika bilan shugʻillanib kelmoqdi. Usmon Mirzayev Bokudagi Faxriy xiyobonda dafn etildi. Ozarbayjonda koʻchalar va maktablarga uning nomi berildi.
Mukofot va unvonlari
Kitoblari
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org