Osman Asanov




Osman Abitovich Asanov (1923-yil 24-dekabr, Küçükköy (talaffuzi: Kichikkoʻy) qishlogʻi, Qrim ASSR — 2005-yil 24-noyabr, Simferopol, Ukraina) — sovet va ukrain xonandasi, musiqachi, kompozitor, oʻqituvchi, kuchli va keng diapazon tovushga ega tenor. Xaytarma (qrim tatarcha: Qaytarma) musiqiy ansambli aʼzosi (1957—1964). Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist (1999).

Tarjimayi holi



Osman Asanov 1923-yil 24-dekabrda Qrim ASSR, Kichikko‘y qishlog‘ida tug‘ilgan. 1939-yilda Pyotr Ilich Chaykovskiy nomidagi Simferopol musiqa bilim yurtida oʻqishni boshlaydi, ammo Ikkinchi jahon urushi tufayli oʻqishini tugata olmaydi. 1944-yilda qrim tatarlari deportatsiya qilinganidan keyin O‘zbekiston SSR, Namangan viloyati, Chust tumanida yashay boshlagan. 1955-yilda Namanganda qrim tatarlarining musiqiy ansamblini tuzadi. 1957—1964-yillari Toshkentdagi qrim tatarlarining Xaytarma (qrim tatarcha: Qaytarma) musiqiy ansamblida vokalchi va skripkachi boʻlgan. Bu musiqiy ansambl Rossiya, Qozogʻiston, Kavkaz boʻylab gastrol safarlari uyushtirishgan. 1966-yili Namangan musiqa bilim yurtida tahsil olgan. 1976-yilda Toshkent davlat konservatoriyasining vokal fakultetini tamomlagan. 1964—1991-yillarda Farg‘onadagi musiqa maktabiga o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. Shuningdek, Fargʻona to‘qimachilik kombinati qarashli madaniyat saroyida qrim tatarlarining „Xoran“ ansamblini tuzadi. 1991-yilda Qrimga qaytib ketadi. Qrim tatar, rus, ukrain, oʻzbek tillarida qoʻshiqlar ijro etgan. „Guljian“, „Yalta tangosi“ qoʻshiqlariga musiqa yozgan. „Ural dağı“, „Tatarlığım“, „Menim adım Seyit oğlu Seydamet“ kabi qoʻshiqlar muallifi. Koʻplab shogirdlari hozirda Avstriya, Germaniya, Belgiya, Isroilda faoliyat olib borishmoqda. 1999-yilda Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 2005-yil 24-noyabr kuni Simferopolda vafot etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz