Osma yo’l qanday quriladi?



Osma yo’l — bu, yukli va yo’lovchili vagonchalarni o’ta o’nqir-cho’nqir joydan olib o’tish uchun mo’ljallangan transport vositasidir. Tashish tayanch ustunlar o’rtasida tortilgan yo’g’on simarqon vositasida amalga oshiriladi. Osma simarqon yo’l funikilyorga nisbatan ko’proq qo’llanadi. Uni qurish sezilarli arzon, o’zi esa foydalanish uchun oddiy. Baland tog’li tumanlardagi qurilishlar uchun yuklar osma yo’llar orqali tashiladi. U odamlarni ham tashiydi: chang’i uchiladigan kurortlarda va tog’ daralari orqali. Osma yo’lning qiya simarqoni kajava-vagoncha tirkalgan aravachani tutib turadi. Boshqasi — uzatmali simarqon esa uni tortadi. Tog’-chang’i “osmayo’l”larida yo’lovchilar, odatda, vagonchalarda emas, balki bir, ikki o’rinli kreslolarda harakatlanadilar.


Manba



Mo’jiza kitobning 3-jildi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz