Osma Vodiy




Osma vodiy — boshqa vodiyga, dengiz yoki koʻl qirgʻogʻiga jarlik hosil qilib tik tushgan vodiy. Osma vodiy suv oqimi yoki muzlikning chuqurlatish eroziyasi boshqa vodiydagi chuqurlatish eroziyasidan yoki koʻl va dengizlardagi toʻlqin eroziyasidan sekin roʻy berganda hosil boʻladi, shuningdek, eroziya bazasining yoki dengiz va koʻl suv sathining keskin oʻzgarishi, tektonik harakatlar yemirilayotgan togʻ jinslari litologik tarkibining har xilligi natijasida ham vujudga keladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz