Osiyo oq tojli kalaosi




Osiyo oq tojli kalaosi (lotincha: Berenicornis comatus) — karkidon qushlar oilasiga mansub qushlar turi, ushbu turda oq tojli kalao yagona qush hisoblanadi (Berenicornis). Bruney, Indoneziya, Malayziya, Myanma va Tailandda yashaydi. Ular yoʻqolib ketish xavfi ostida. Ularning tabiiy yashash joyi subtropik va tropik oʻrmonlardir.

Ularning uzunligi 83—102 santimetrga, og'irligi esa 1,3—1,5 kilogrammga yetadi. Erkaklar urgʻochilarga qaraganda kattaroq boʻladi. Patlari oq-qora rangda boʻladi. Bosh, boʻyin, koʻkrak va dumi oq, qolgan patlari qora rangda. Uning boshida toj shaklidagi oq patlari bor. Koʻz va tumshugʻi oʻrtasida va tomogʻida patlari yoʻq va terisi quyuq koʻk boʻladi. Tumshugʻi asosan qora rangda, tepa qismi sargʻish boʻladi. Aksariyat karkidon qushlar singari tumshugʻi tepasida qora dubulgʻa bor. Urgʻochilarda boʻyin va tanasining pastki qismi qora rangda boʻladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz