Osiyo kubogi saralash bosqichi




Osiyo kubogi saralash bosqichi bu milliy futbol assotsiatsiyasi terma jamoalariga Futbol boʻyich Osiyo kubogi final turniriga yoʻllanma olish uchun oʻtkaziladigan musobaqa hisoblanadi. Osiyo kubogi saralash bosqichi turnirning final bosqichi uchun munosib ishtirokchilarning sonini 47 tadan atigi 24 tagacha qisqartiradi.

Mezbon terma jamoalar Osiyo kubogi saralash bosqichida ishtirok etishmaydi. Ular Osiyo kubogi final bosqichiga avtomatik yoʻllanma olishadi. Bu qoida Osiyo kubogi turnirlarida 1972-yildan 2015-yilgacha (1976-yildan tashqari) amalda boʻlgan.

Oʻyinlar tarixi



Oʻtgan asrda Futbol boʻyicha Osiyo kubogi saralash formatida, shuningdek, ishtirok etuvchi jamoalar sonida turli oʻzgarishlar roʻy berdi.

1956-yil



1956-yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichida 19 ta jamoa joylashuviga qarab uch xil zonaga boʻlingan. Har bir zonada jamoalar ikki bosqichli (uy-safar) tizimda oʻynashdi. Birinchi bosqichda g‘olib chiqqan to‘rt nafar jamoa keyingi bosqichga yo‘l oldi. Ikkinchi bosqichda gʻolib boʻlgan ikki jamoa finalga yoʻl oldi. Bu esa mezbonlar bilan birga final turnirida ishtirok etadigan jamoani aniqladi.

1960—1972-yillar



1960-yildan boshlab Osiyo kubogi saralash bosqichi biroz oʻzgardi. Ishtirokchi jamoalar yana joylashuviga qarab zonalarga boʻlingan. Oʻz zonalaridagi jamoalar oʻzaro bir martadan, davra tizimida oʻynashdi. Har bir zonaning guruh yetakchisi mezbonlar bilan birga final turniriga yo‘l oldi.

1972—1980-yillar



1972-yildan boshlab Osiyo kubogi saralash bosqichi yana bir oʻzgarishga duch keldi. Endilikda zonalar o‘rniga jamoalar guruhlarga bo‘linib, oʻynaydigan boʻlishdi. Guruhlarda birinchi oʻrinni egallagan jamoalar mezbonlar bilan birga final turnirida ishtirok etadigan boʻldi. Bu esa oʻz-oʻzidan final ishtirokchilari sonini oshirdi. Shuningdek, final turnirida ishtirok etuvchi jamoalar soni 1980-yilda oltitaga, keyin esa oʻntaga koʻpaytirildi.

1984—1988-yillar



1984—1988-yillardagi Osiyo kubogi saralash bosqichida jamoalar joylashuviga qarab emas, balki ixtiyoriy tarzdagi (hozirgi qur’a tashlash kabi) guruhlarga boʻlingan. Bu mavsumda tashkil etilganidan beri ilk bor Osiyo kubogi saralash bosqichida barcha zonalar jamoalari oʻzaro raqobatlashdi. Har bir guruhdan ikkitadan jamoa toʻgʻridan-toʻgʻri finalga chiqish huquqiga ega boʻlgan oldingi oʻyinlar gʻoliblari va mezbonlar bilan birga final turniriga yoʻllanma oldi.

1992—2000-yillar



1992—2000-yillardagi oʻyinlarda Osiyo kubogi saralash bosqichi tartibi eski holatga qaytarildi. Unda jamoalar joylashuviga qarab ajratildi, ammo bu safar ishtirokchi davlatlar soni ortgan edi. Oldingi gʻoliblar va mezbonlar saralash bosqichida har bir guruh gʻoliblari bilan qoʻshildi. Final turnirida ishtirokchilar soni 12 nafarga yetkazildi.

2004—2007-yillar



2004—2007-yillardagi oʻyinlarda Osiyo kubogi turniri saralash bosqichidan boshlandi. Unda quyi o‘rindagi jamoalar o‘zaro bahs olib borishdi, ushbu bosqich g‘oliblari saralash bosqichiga yo‘llanma oldi. Saralash bosqichida har bir guruhdan ikkitadan kuchli jamoalar final turniriga yo‘llanma oldi. Final turnirida jamoalarning ishtiroki 12 tadan 16 taga koʻpaytirildi.

2011—2015-yillar



2011—2015-yillardagi Osiyo kubogi turnirida mezbonlar, avvalgi oʻyinlar g‘oliblari, ikkinchi va uchinchi o‘rinni egallagan jamoalar avtomatik ravishda final turniriga yo‘llanma oldi. Bu mavsumda OFK Chaqiruv kubogi gʻoliblariga (2) ham final turniriga yoʻllanma berildi. Qolgan oʻnta oʻrinni Osiyo kubogi saralash bosqichi turniri hal qildi. Osiyo kubogi saralash bosqichida quyi oʻrindagi jamoalar dastlabki bosqichlarda oʻynadi va gʻoliblar saralash bosqichiga yoʻl oldi. Saralash bosqichida har bir guruhdan ikkita eng yaxshi o‘rinni egallagan jamoalar final turniriga yo‘llanma oldi.

2019-yildan hozirgi kungacha



Futbol bo‘yicha jahon chempionati saralash bosqichining dastlabki saralash bosqichlarini Osiyo kubogi musobaqalari bilan birlashtirish taklifi OFK musobaqalar qo‘mitasi tomonidan ratifikatsiya qilindi.

2019-yildan Osiyo kubogi saralash bosqichida ishtirok etuvchi jamoalar soni avvalgi 16 ta jamoadan 24 tagacha oshirildi.

Osiyo kubogi saralash bosqichi tuzilma quyidagicha:

Pley-off bosqichi keyinchalik dastlab eʼlon qilingan saralash tizimidan farq qiladi. Bunda qolgan toʻrtinchi oʻrinni egallagan jamoalar va guruhning eng yaxshi beshinchi toʻrtta jamoasi ham uchinchi bosqichga yoʻl olishlari belgilandi.

Jadvali




Qalin harflar bilan yozilgan jamoalar hozirda 2027-yilgi saralash bosqichida qatnashmoqda yoki enni oʻyin oʻtkazishadi.

Jadval 2023-yilgi natijalardan keyin yangilanadi.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz