Osiyo gigant qovog'arisi
Osiyo gigant qovogʻarisi (
Vespa mandarinia ) (shuningdek,
shimoliy gigant qovogʻarisi yoki yapon gigant qovogʻarisi deb ham ataladi) dunyodagi eng katta qovogʻari hisoblanadi. Osiyo gigant qovogʻarisining vatani Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo, Hindixitoy va Rossiyaning moʻtadil va tropik hududlari hisoblanadi. Shuningdek, Osiyo gigant qovogʻarisi 2019-yil oxirida Shimoliy Amerikaning shimoli-gʻarbiy qismlaridan ham topilgan.
Osiyo gigant qovogʻarilari togʻlarning pastki qismlari va oʻrmonlarda yashashni afzal koʻradi. Osiyo gigant qovogʻarilari tekisliklar va togʻlarning baland qismlarida umuman uchramaydi. Osiyo gigant qovogʻarilari kemiruvchilar qazigan tunnellar yoki chirigan qaragʻay ildizlari yaqinidagi joylarni egallash orqali uya yaratadi.Osiyo gigant qovogʻarilari asosan yirikroq hasharotlar, evsotsial hasharotlar koloniyalari, daraxt shirasi va asalarilar koloniyalarining asallari bilan oziqlanadi.Osiyo gigant qovogʻarilarining tana uzunligi 45 mm (1 3⁄4 in) , qanotlari kengligi 75 mm (3 in) ni tashkil qiladi.
Taksonomiya va filogeniya
Vespa mandarinia(Osiyo gigant qovogʻarisi) barcha qovogʻari jinsini oʻz ichiga olgan tur hisoblanadi. Vespa mandarinia turi qovogʻarilarning boshqa yetti turi bilan birgalikda Vespa tropica guruhini tashkil qiladi. Guruh ichida Vespa mandarinia(Osiyo gigant qovogʻarisi)ning eng yaqin turi Vespa soror hisoblanadi. Turlarning anatomik oʻxshashligi va xulq-atvor oʻxshashligi filogenez bilan bogʻliq boʻlmagani uchun oʻtmishda turkumni kichik turlarga ajratishga harakat qilingan.
Umumiy nomlar
Bu tur Shimoliy Amerika hududida topilganidan keyin ilmiy adabiyotlar va rasmiy hukumat manbalarida tur oʻzining umumiy nomi „Osiyo gigant qovogʻarisi“ bilan atala boshlangan. Ommaviy axborot vositalarida esa tur nomi „
qotil qovogʻari “ laqabi bilan qoʻllanila boshlagan.2022-yil iyul oyida Amerika Entomologiya jamiyati ushbu tur uchun „shimoliy gigant qovogʻarisi“ nomini qabul qilishlarini maʼlum qildi.
Tavsif
Jinsdan qatʼi nazar, qovogʻarining boshi toʻq sariq rangda boʻladi. Uning koʻzlarining rangi toʻq jigarrangdan qora ranggacha boʻladi. Vespa mandarinia(Osiyo gigant qovogʻarisi) boshqa qovogʻarilardan oʻzining katta genalari bilan ajralib turadi.Osiyo gigant qovogʻarisining koʻkrak qafasi toʻq jigarrang, ikkita qanoti esa kulrang tusli boʻladi. Osiyo gigant qovogʻarisi oʻzida kuchli zaharni saqlaydi. bir vaqtning oʻzida bir nechta qovogʻarining chaqishi odamni oʻldirishi mumkin.
Qirolicha va ishchilar
Osiyo gigant qovogʻarilari koʻpchilik tur singari qirolicha va ishchi qovogʻarilarga boʻlinadi. Qirolicha qovogʻarilari ishchi qovogʻarilariga qaraganda ancha katta boʻlishadi.Qirolicha qovogʻarilar 50 mm (2 in) dan oshishi mumkin, ishchi qovogʻarilar 35 and 40 mm (1 2⁄5 and 1 3⁄5 in) gacha boʻladi .
Dronlar
Dronlar (erkak qovogʻarilar) qirolicha qovogʻarilariga oʻxshaydi lekin ularda stinger(chaqish uchun nish)lar boʻlmaydi. Dronlarda stingerlarning boʻlmasligi barcha pardaqanotlilar uchun xos xususiyatdir.
Tarqatishi
Ekologik taqsimot
Vespa mandarinia (Osiyo gigant qovogʻarisi) oʻrmon hududida keng tarqalgan. Osiyo gigant qovogʻarisi shahar hududida ham uchraydi(faqat yashil maydonlarda). Haddan tashqari urbanizatsiyalashgan hududlarda Vespa guruhining Vespa analis turi keng tarqalgan. Vespa mandarinia (Osiyo gigant qovogʻarisi)ning yirtqich turlari uchramaydi.
Geografik taqsimot
Vespa mandarinia (Osiyo gigant qovogʻarisi)ni quyidagi joylarda topish mumkin:
Shimoliy Amerika 2019-yilda Osiyo gigant qovogʻarilari Shimoliy Amerika hududida ham topilgan. Osiyo gigant qovogʻarilari Shimoliy Amerikaning Vancouver, Whatcom okrugi va Washington hududlari aniqlangan.
Britaniya Kolumbiyasi va Washington hududlaridan topilgan populyatsiyalarning ajdodlari boʻlgan ona populyatsiyasini aniqlash uchun mitoxondrial DNK tahlili oʻtkazildi.
Zahar
Osiyo gigant qovogʻarisining stingeri (chaqish aʼzosi) juda kuchli zaharni saqlaydi.Koʻpchilik qovogʻari zahari tarkibida mastoparanlar mavjud boʻladi. Mastoparanlar sitolitik peptidlar boʻlib, oʻz fosfolipazasiga qoʻshimcha ravishda fosfolipaza taʼsirini ragʻbatlantirish orqali toʻqimalarga zarar yetkazishi mumkin. Tamagawa universiteti entomologi Masato Ono qovogʻarining odamni chaqishini „oyogʻimga issiq mix tiqilgandek“ deb taʼriflagan. Osiyo gigant qovogʻarilari zaharni ineksiya qilish uchun tishlagichlarini ishlatishdan tashqari, maʼlum sharoitlarda zaharni odamning koʻziga purkashga qodir.
Qovogʻari zahri tarkibida neyrotoksin mavjud. Qovogʻari zahari molekulyar ogʻirligi 20 kDa atrofida boʻlgan bir zanjirli polipeptid hisoblanadi. Odam tanasiga bitta ari chaqishi natijasida odamni oʻldiradigan darjadagi dozani yubora olmasa ham, bir nechta qovogʻarining chaqishi natijasida odamda oʻlim xavfi yuzaga kelishi mumkin. Sichqonlar ishtirokidagi testlar shuni koʻrsatdiki, Osiyo gigant qovogʻarilari zahri barcha ari zaharlari ichida eng halokatli hisoblanadi (Osiyo gigant qovogʻarilarida LD50 4,0 mg/kg. ga teng). Taqqoslash uchun, eng halokatli ari zahari ogʻirligi V. luctuosa turiga tegishli (1,6 mg/kgga teng).
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org