Osiyo (gazeta)




Osiyo — jadidlar gazetasi. 1908-yil 9-apreldan Toshkent shahrida A. Bektemirov muharrirligida nashr etilgan. "Xurshid", "Shuhrat" gazetalari ishini davom ettirib, maorif sohasidagi islohotlar, dunyoviy ilmlarni oʻrganish zarurligi, maʼnaviy va iqtisodiy masala-muammolar toʻgʻrisida yozilgan maqolalar va sheʼrlarga keng oʻrin ajratgan. A. Ibrohimov, Munavvarqori, A. Avloniy va boshqa jadid adiblarining makrlalari eʼlon qilingan. Jami 5 soni chiqqach, chor mustamlakachi maʼmurlari tomonidan yopilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz