Osiya binti Muzohim
Osiya binti Muzohim – jannat ahlidan ekanligi bashorat qilingan muslima ayol. Lut paygʻambar avlodidan. Nisbasi – “Toj ur-rijol” (Eranlar toji). Firʼavnning xotini. Muso paygʻambarni suvdan topib olib parvarishlagan. Yashirin tarzda Allohga imon keltirgan. Muso (a.) paygʻambarligi zohir boʻlgach, Haq taologa duo qilib, Firʼavnning zulmidan najot berishni soʻraydi. Firʼavnning zulmi haddan oshgach, unga qarshi qattiq soʻzlarni aytadi. Firʼavn uni turli azoblar bilan oʻldirmoqchi boʻladi, biroq Muso (a.) duosi barakotidan hech qanday ziyon-zahmat yetmay, jannatga yoʻl oladi.
“Tarixi anbiyo va hukamo”da Osiya binti Muzohimga kichik bir fasl ajratilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org