O’simliklar hayvonlardan qanday farqlanadi?



Yer yuzidagi tirik mavjudotlarning ko’pchiligi yo o’simliklar yo hayvonlardir. Oddiy organizmlarning juda oz qismini bu guruhlarning hech biriga qo’shib bo’lmaydi. Ammo ular bir-biridan nimasi bilan farq qiladi? Tashqi ko’rinishi bilan aniq ajralib tursada, o’simliklar va hayvonlarning asosiy hayotiy funksiyalarini amalga oshirishi turlichadir. Hayvonlarning harakat qilish qobiliyati bor, o’simliklarning batartib harakati esa faqat uning hujayralarida kechadi. Ular orasidagi asosiy farq shundaki, hayvonlar hujayrasi anih funksiyalarni bajarish uchun moslashgan. Shuning uchun ham hayvonlarning ichki tuzilishi birmuncha murakkab. Ularda ichki organlar shakllanadi, hatto mukammal o’simliklarda ham bu funksiyani hujayralar guruhi — organoidlar (hujayrada doimiy yashovchy qo’shilmalar) bajaradi. Hayvonlarda ularning tashqi olam bilan munosabatini belgilab turadigan murakkab asab sistemasi bor, o’simliklar esa avvalambor tashqi omillarga — yorug’lik va og’irlik kuchiga qarab yashaydi. O’simliklar asosiy energiya manbai sifatida quyosh nuridan foydalanadi va uning yordamida hayoti uchun kerakli bo’lgan moddalarni sintez qiladi. Hayvonlarning energiya manbai esa o’simliklardir. Ular uchun o’simlik yoki alafxo’r hayvonlarni yeydimi, farqi yo’q. Hayvonlar organizmida kechadigan jarayonlarning o’zi ham o’simliklarnikiga nisbatan murakkabdir. Hayvonlar va o’simliklar orasidagi jiddiy farq ularning ovqatni qanday topib yeyishi bilan bog’liq. Har qanday tirik organizmning bir tarzda yashashi uchun sarf qiladigan va iste’mol qiladigan energiyasi o’rtasida muvozanat saqlanishi kerak. Buning uchun muayyan moddalar — tirik hujayrada modda almashinuvini tartibga solib va yangi molekulalar sintezini yo’naltirib va yemirib turadigan fermentlardan foydalaniladi. Ularning o’zaro ta’siri organizmda moddalar almashinuvini aniqlaydi. Tirik organizmlar turi qanchalik ko’p bo’lmasin, uy qurilish bloklaridan qurilgani singari ular ham bir xil moddalardan: oqsillar, nuklein kislotalar va yog’lardan iborat. Nuklein kislotalar nasl qoldiruvchi genetik axborotlarning tashuvchilaridir. Oqsillar organizm uchun xomashyo vazifasini bajarsa, uglevodlar va yog’lar energiyaning asosiy manbalari hisoblanadi. O’simlik va hayvonlar orasidagi farqlar va o’xshashliklar mana shulardan iborat.


Manba



Mo’jiza kitobning 1-jildi

Sun'iy intellekt javobi:

O‘simliklar hayvonlardan bir qator jihatlar bo‘yicha farq qiladi. Quyida o‘simliklar va hayvonlarning asosiy farqlari uzunroq va batafsil tushuntirilgan:

  1. Quritilishi va oziqlanishi:
  1. Hujayra tuzilishi:
  1. Harakatlilik:
  1. Ko‘payish:
  1. Nerv tizimi va sezgirlik:
  1. Energiya ishlab chiqarish va saqlash usullari:

Xulosa qilib aytganda, o‘simliklar va hayvonlar orasidagi asosiy farq — o‘simliklar mustaqil oziqlanishga ega bo‘lsa (fotosintez orqali), harakatga chidamli, hujayra devoriga egalik qiladi, hayvonlar esa oziqni tashqaridan oladi, ko‘proq harakatli, nerv tizimi mavjud va hujayra devori yo‘q. Bu farqlashlar hayotning turfa shakllarini yaxshiroq tushunish uchun juda muhimdir.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz