Oshqovoq boʻtqa




Oshqovoq boʻtqa  — qovoq eti qoʻshilgan boʻtqa. Qovoq boʻtqasini suv yoki sutda qaynatib, yogʻ qoʻshib tayyorlanadi. Boʻtqa uchun qovoqni baʼzan toblab pishirishadi. Koʻpincha, shakar qoʻshiladi. Qovoq etidan tashqari, yorma donlar ham qoʻshiladi: guruch, tariq, bugʻdoy yoki makkajoʻxori yormasi. Oʻzbek oshxonasida oshqovoqdan, asosan, somsa, manti pishiriladi. Shuningdek, sutli ovqatlarga qoʻshish, qirilgan oshqovoqni xamirga qorib, non yopish retseptlari mavjud.

Oshqovoq boʻtqasi Rossiyada kamida XVIII asrdan beri maʼlum boʻlgan. Rossiyada qovoq yetishtirish XVII asrning oʻrtalaridan boshlangan. Tariq yormasi qoʻshilgan toblama yoki oshqovoqli boʻtqa rus oshxonasining klassikasiga aylangan.

Ukrainada



Ukrainada qovoq har bir dehqon xoʻjaligida yetishtirilgan. Uzoq muddat saqlash imkoniyati borligi uchun deyarli butun yil davomida oshqovoqni toblab va qaynatib isteʼmol qilingan. Qovoq boʻtqasi (ukraincha: гарбузова каша, кабакова каша) quyidagicha tayyorlangan: urugʻlardan va qobigʻidan tozalangan qovoq mayda boʻlaklarga boʻlinib, sigir suti, roʻzada koʻknor yoki nasha suti quyiladi hamda pishgunicha qaynatiladi. Qaynatilgan tariq bir xil nisbatda qaynatilgan qovoq bilan qoʻshilib, aralashtiriladi va toblab pishiriladi. Oshqovoqli boʻtqani toblangan tuxum bilan ham tayyorlangan. Toblab pishirilgan oshqovoq boʻtqasi hordiq kuni taomi, odatiy oshqovoq boʻtqa esa kundalik taom boʻlgan. Hozir bu taomga guruch yoki bugʻdoy yormasi qoʻshib ham pishiriladi.

Koreyada



Xobak-juk (호박죽) yoki oshqovoqli boʻtqa — koreyscha boʻtqa yoki qovoq va yopishqoq guruch unidan tayyorlangan „juk“ turi.

Qovoq qaynatiladi, tozalanadi, urugʻlari olib tashlanadi va pyure qilinadi. Qovoq pyuresi yanada tekis chiqishi uchun suzgichdan oʻtkazilishi mumkin. Keyin u yopishqoq guruch uni bilan aralashtiriladi va qaynatiladi, bu vaqt davomida bugʻda pishirilgan qizil yoki qora loviya qoʻshish mumkin. Yana bir keng tarqalgan qoʻshimcha — bu sailsim (새알심, „qush tuxumi“), issiq suv bilan aralashtirilgan yopishqoq guruch unidan tayyorlangan kichik dumaloq pishiriqlar. Nihoyat, taʼbga koʻra tuz va lozim boʻlsa, shakar qoʻshiladi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz