Oʻsh voqeasi (1990)
Bu maqola 1990-yil sodir boʻlgan milliy nizo haqida. 2010-yilgi qirgʻin uchun Qirgʻiziston janubidagi tartibsizliklar maqolasiga qarang.
Oʻsh voqeasi — 1990-yil Qirgʻizistonning janubida qirgʻizlar va oʻzbeklar orasida boʻlib oʻtgan milliy nizo. Oʻsh shahrida 1990-yil iyun oyida asosan oʻzbeklar yashagan kolxozning qirgʻiz millati vakillariga boʻlib berilishi natijasida chiqqan nizo qonli toʻqnashuvlarga aylanib ketgan. Shahar atrofida joylashgan qishloqlardan qirgʻiz millatiga mansub kishilar kelgunicha oʻzbeklarning qoʻli baland kelgan. Shaharda favqulodda vaziyat va komendant soati eʼlon qilingan va Oʻzbekiston SSR bilan Qirʻgiziston SSR oʻrtasidagi chegara yopilgan. Sovet hukumati voqea yuz bergan joyga 2000 sovet harbiylarini kirgizadi. Avgust oyigacha vaziyat tinchimaydi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra Oʻsh qirgʻinida 300 dan oshiq yoki 600 dan ziyod kishi halok boʻlgan. Norasmiy manbalarga koʻra 1000 dan oshiq kishi halok boʻlgan.
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org