Oʻsh aeroporti




Oʻsh xalqaro aeroporti (qirgʻizcha: Ош эл аралык аэропорту; ruscha: Международный аэропорт "Ош") (IATA: OSS , ICAO: UCFO ) — Qirgʻizistonning Oʻsh viloyati markazi Oʻsh shahriga xizmat koʻrsatuvchi aeroport. 2016-yilda aeroport orqali 1 million 210 ming 576 nafar yo‘lovchi tashilgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 33 foizga koʻproq.

Oʻsh xalqaro aeroporti — Fargʻona vodiysidagi eng yirik aeroportlardan biri, "„Manas“ xalqaro aeroporti" AJ Oʻsh filiali tomonidan boshqariladi. Qirgʻizistonning „janubiy poytaxti“ — Oʻsh shahridan 9 km shimolda joylashgan. Oʻsh mamlakat poytaxti Bishkek shahridan 689 km, Toshkentdan 322 km, Namangandan 103 km, Andijondan 43 km uzoqlikda. Dengiz sathidan balandligi — 892 m. Aerodrom „B“ toifaga (MAK) va „4D“ (ICAO) toifaga kiradi.

Ish vaqti — tun-u kun. O‘sh aeroportida uchta uchish yo‘li mavjud. Platformada bir vaqtning oʻzida 14 ta samolyot tura oladi. Samolyotlarni toʻxtash joyiga kiritish, agar kerak boʻlsa, eskort mashinasi tomonidan amalga oshiriladi. Aeroport aproni hozirda umumiy maydoni 59 200 kv. m. Unish-qoʻnish yoʻlagi uzunligi 3212 m, eni 45 m. Ishga tushirish sanasi 1974-yil. 1992-yilda xalqaro aeroport maqomini olgan. Asosiy operator: Avia Traffic Company. 2012-yilda aeroport 835,9 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan, yo‘lovchi aylanmasining o‘sishi 2011-yilga nisbatan 18 foizni tashkil etdi. 2019-yilda uchish-qo‘nish yo‘lagini rekonstruksiya qilish ishlari yakunlandi, hozirda uchish-qo‘nish yo‘lagining umumiy uzunligi 3212 metrni tashkil etadi.

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar




Baxtsiz hodisalar va falokatlar




Yer usti transporti



Aeroportga shahardan 107 va 142-sonli yo‘nalishli mikroavtobuslar (marshrutka) orqali yetib olish mumkin.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz