Oscar Zariski
Oskar Zarisskiy (inglizchalashtirilgani
Oscar Zariski ) (ruscha: О́скар Зари́сский) (24-aprel 1899-yil — 4-iyul 1986-yil) — Rossiyada tugʻilgan amerikalik matematik. Zarisskiy algebraik geometriya sohasidagi ishlari bilan tanilgan. 1981-yilda Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.
Zarisskiy yahudiy oilasida tugʻilgan. 1918-yildan Kiyev universitetida oʻqigan. Rossiyadagi fuqarolar urushi tufayli 1920-yilda Italiyaga koʻchib ketgan, u yerda Italiya algebraik geometriya maktabida Guido Castelnuovo, Federigo Enriques va Francesco Severilardan tahsil olgan. Zarisskiy 1927-yildan boshlab oʻlimiga qadar AQShda yashagan. Dastlab Johns Hopkins universitetida, keyin İllinois universitetida va Harvard universitetida dars bergan.
Zarisskiy kommutativ algebra va algebraik geometriya sohasidagi fundamental ishlari bilan shuhrat qozongan. Olim ushbu ikki sohani birlashtirib, italyan matematika maktabi xulosalarini mustahkamlagan. Olimning ushbu sohadagi eng diqqatga sazovor ishlaridan biri Zarisskiy topologiyasidir.
Manbalar
uz.wikipedia.org